Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » MAHALLIY HABARLAR (UZB)

Toshkentdagi yana 280 ta chorraha kuzatuv kameralari bilan jihozlanadi


Toshkentdagi yana 280 ta chorraha kuzatuv va yo‘l harakati qoidalari buzilishlarini qayd etish kameralari bilan jihozlanadi. Bu haqda payshanba kuni bo‘lib o‘tgan brifingda poytaxt Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi «Kompyuter markazi» bo‘limi boshlig‘i podpolkovnik Shuhrat Murodov ma’lum qildi. 2018−2020 yillarga mo‘ljallangan dasturda kameralar bilan ta’minlangan chorrahalar qamrovini kengaytirish ko‘zda tutilgan.

Ayni paytda kameralar faqatgina svetoforning qizil chirog‘idan o‘tish va tezlikni me’yoridan oshirishni qayd etmoqda. Shuhrat Murodovning so‘zlariga ko‘ra, yaqin vaqtlarda boshqa qoidabuzarliklarni ham qayd etishni yo‘lga qo‘yish mo‘ljallanayotgani yo‘q.

Qoidabuzarliklarni qayd etishning avtomatlashtirilgan tizimi 2017 yil 15 mart oyidan buyon Toshkentdagi 115 ta chorrahada ishlab kelmoqda. Birinchi kunlarda 8000 dan ortiq qoidabuzarliklar aniqlangan bo‘lsa, ayni damda ular soni haftasiga 2000 tadan kamroqni tashkil etmoqda.



Категория: MAHALLIY HABARLAR (UZB)
Просмотров: 2152 | Рейтинг: 0| Рейтинг: kuzatuv kameralar
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 21:18
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное