Tom Kruz o‘lim yoqasida turgan onasidan yuz o‘girdi
Ommaviy axborot vositalari berayotgan ma’lumotlarga ko‘ra 79 yoshli onasi Meri Li Mapozer o‘lim yoqasida bo‘lib, Tom bunga befarq qaramoqda.
May oyining boshida nishonlangan “Onalar kuni”da Meri Li Mapozer oxirgi marta Kruzlarning oilaviy kemasida ko‘rinib, keksa ayolning dugonalari va qarindoshlari Tomning onasini ko‘rish uchun kelmaganidan hayratlanishgan.
Ma’lumotlarga ko‘ra, “Onalar kuni”da Meri Li Mapozerni oilaviy kema oldiga nogironlar aravachasida olib kelingan. Buning ustiga Meri Li nafas olishga juda qiynalgani sababli burniga maxsus moslama o‘rnatilgan qiyofada bo‘lgan. Uni ko‘rgani Tomning Nikol Kidman bilan asrab olgan o‘g‘li, singlisi Merayya Genri va Merayyaning o‘g‘li hamda kelini kelgan.
Ma’lum bo‘lishicha, Meri Lining sayentologiya cherkovidan uzoqlashganidan so‘ng Tomning onasiga bo‘lgan munosabati o‘zgargan.
Ammo 2009 yil Tom Kruz “Oltin Globus” mukofotini qo‘lga kiritish chog‘ida marosimga onasi bilan tashrif buyurgan.
Kuzatuvlarga ko‘ra aktyor o‘z qizi Suri 10 yoshga to‘lganida sovg‘a yuborish uyoqda tursin, hatto qo‘ng‘iroq qilib ham tabriklab qo‘ymagan.
Ushbu holat yuzasidan ham Surining onasi Keti Xolmsning saentologiyaga qarshiligi sabab bo‘lishi mumkin degan taxminlar ham yo‘q emas.