Golluvud aktyori Tom Kruz ishtirok etgan filmlarni hammamiz sevib tomosha qilamiz. U nafaqat kinoda, balki hayotda ham bag‘rikeng insonligini isbotladi. 1996 yilda Tom Kruz yo‘lda ketayotgan qizni mashina urib ketganligining guvohi bo‘ldi. Avtomobil haydovchisi qizga yordam berish o‘rniga voqea joyidan yashirindi. Buni ko‘rgan aktyor mashinasini to‘xtatib, “Tez yordam”ga qo‘ng‘iroq qildi. To qutqaruvchilar yetib kelgunga qadar qizning oldidan bir qadam jilmadi. Tom Kruz “Tez yordam” bilan birga kasalxonaga bordi. Kasalxonada qizning tibbiy sug‘urtasi yo‘qligi ma’lum bo‘lgach, uning davolanishi uchun kasalxona hisobiga 7000 dollar pul o‘tkazdi.