Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » DUNYO va JAXON XABARLARI

Tojikiston va Qirg‘izistonda hayit kuni ma’lum qilindi
O‘zbekistonning qo‘shni ikki davlati Tojikiston va Qirg‘izistonda Ro‘za hayiti kuni shu yilning 21 aprel kuni etib belgilandi. Har ikki davlatda haftaning juma, shanba va yakshanba kunlari fuqarolar dam oladi.

Qirg‘izistonda bosh muftiy Ramazon hayiti 21 aprel kuni bo‘lishi haqida ma’lumot bergan. 

Tojikistonda esa Markaziy ulamolar kengashi raisi Saidmukarram Abduqodirzoda Ramazon hayitining sanasini e’lon qilgan. Shuningdek, Ulamolar kengashi qaroriga ko‘ra, Ramazon hayiti namozining vaqti mamlakat vaqti bilan 6:30 etib belgilangan.

“Mazkur qaror asosida imom-xatiblar aholining e’tiborini muhtoj va muhtojlarga moddiy yordam ko‘rsatish, bayram kunlarida isrofgarchilik, tejamkorlikka yo‘l qo‘ymaslik, bu borada boshqalarga o‘rnak bo‘lishlari shart”, deyiladi Kengash xabarida.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston musulmonlari idorasida Ramazon oyi va hayitini munosib kutib olish, Islom dini tartib-qoidalari asosida hilolni kuzatish bo‘yicha ishchi guruh faoliyat yuritmoqda. Ushbu ishchi guruh kuzatish natijalarini O‘zbekiston musulmonlari idorasi Ulamolar Kengashiga taqdim etadi. Ramazon hayitining birinchi kuni haqidagi ma’lumotlar Ulamolar Kengashi tomonidan ko‘rib chiqiladi va tegishli xulosalar qabul qilinadi.


Категория: DUNYO va JAXON XABARLARI
Просмотров: 2280 | Рейтинг: 0| Рейтинг: Qirg‘iziston, Tojikiston, kuni, ma’lum, hayit, qilindi
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 16:41
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное