Reper Timati o‘zining Instagram’dagi sahifasida bir necha yilga shou-biznesni tark etishini ma’lum qildi.
“Men bu tig‘iz paytlarda qizimning bolaligini o‘tkazib yubormaslikni va unga ko‘proq vaqt ajratishni xohlardim”, — deb xabar bergan reper.
Qo‘shiqchining qo‘shimcha qilishicha, uning so‘nggi yakkaxon konserti Moskvadagi “Olimpiyskiy” sport majmuasida 4-noyabrda bo‘lib o‘tadi. Shundan so‘ng u kelgusi 2 — 3 yilga konsert faoliyatini to‘xtatadi.
Timati sahnadan ketmasligini, shunchaki o‘zi uchun ustun bo‘lgan narsalarga aql bilan yondashishini tushuntirgan.