15 avgust kuni O‘zbekistonda o‘rta-maxsus ta’lim va kasb-hunar kollejlariga kirish imtihonlari tashkil etildi. Milliy xavfsizlik xizmati vakillari imtihonlarning adolatli o‘tishini ta’minlash maqsadida kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirdi.
Ana shunday tadbir davomida MXX xodimlari To‘rtko‘l tumani tibbiyot kolleji direktorini 1000 AQSh dollari miqdorida pora olayotgan vaqtida qo‘lga oldi. 36 yoshli Sh.D. ikki nafar abiturientni kollejga olib kirib qo‘yishini va’da bergan.
Yuz bergan voqea yuzasidan To‘rtko‘l tumani prokuraturasi O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 210-moddasi, ya’ni pora olganligi yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.