Bugun o’zbek estradasining yorqin va maftunkor yulduzi, O’zbekiston Respublikasida xizmat ko’rsatgan artist Rayhon G’anievaning tavallud topgan kuni. Bugun nafaqat Rayhon uchun, balki uning muxlislari uchun ham haqiqiy bayram bo’lsa ajab emas. Zero, har bir muxlis uchun o’z sevimli xonandasi tavallud topgan kuni bayram hisoblanadi.
Biz Tarona.net portali ijodiy jamoasi o’z nomimizdan, qolaversa, shou-biznes olami yulduzlari nomidan va Rayhonning ashaddiy muxlislari nomidan estradamiz yulduzini chin dildan muborakbod etib qolamiz!!! Rayhon sizga dunyodagi eng ezgu tilaklarni tilab qolamiz. Baxt, omad, quvonch, shodlik, salomatlik sizni hech qachon tark etmasin! Doimo yaqinlaringiz, farzandlaringiz, muxlislaringiz baxtiga sog’-omon bo’lib yuring! Farzandlaringiz baxtini ko’rib yurish nasib etsin!!! Yana bir bor tavallud ayyom muborak bo’lsin!!!
Mani go'zalim hayotim borlig'im tug'ilgan kuniz bilan chin qalbimdan tabrikliman. Sizzi judayam yaxshi ko'raman. Iloyim egizelarizzi va Yigitalini baxtiga sog' bo'lin. Umriz uzo bo'sin. Yuzizdan kulgu arimasin. Doim shunaqa latofatli, go'zal bo'lib yurin. Bunaqa yoshlani ko'pini ko'rin iloyim. I Love RAYHONIM mani.