Aktrisa Sitora Alimjonova 8 avgust kuni turmushga chiqdi. Uning to‘yi Tailandning Pxuket orolida bo‘lib o‘tdi.
Sitora o‘z intervyularida turmush o‘rtog‘ining 27 yoshda ekanligini va u tadbirkorlik bilan shug‘ullanishini ma’lum qilgan edi.
Sitoraning to‘yi ijtimoiy tarmoqlar orqali juda keng muhoma qilindi. Internet foydalanuvchilari Sitoraning yoshi katta, oilali erkakka turmushga chiqqani haqida yozishdi. Turli ijtimoiy tarmoqlardagi guruhlarda Sitoraning turmush o‘rtog‘i haqidagi turli ma’lumotlar tarqaldi. Xususan, aktrisaning nima uchun O‘zbekistonda emas, xorijiy davlatda turmushga chiqqani qizg‘in muhokama qilindi.
Aktrisa mazkur holatga ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida munosabat bildirdi:
"Assalomu alaykum, hurmatli yurtdoshlar! Meni o‘ylab, vaqt ajratib g‘iybat qilganingiz va siz umringizdan ajratilgan vaqtingizni meni g‘iybat qilish uchun ajratganingiz uchun rahmat sizlarga!
Endi esa o‘z hayotingizdagi muamolaringizni hal qiling, o‘ziz uchun ham yashang internet tarmoqlaridagi harhil ig‘vo gaplardan chetlanib o‘z hayotingiz haqida, rejalaringiz haqida o‘ylang. Men bu ig‘volarga etibor qilmayman.Chunkiy ig‘vo doim bo‘lgan va bo‘ladi. Men esa bugun juda bahtiyorman eng muhimi shu! Barchangizga katta raxmat! Menga dushmanlik qilaman deb yaxshilik qilib qo‘ygan hurmatli YO‘Q HOTINGA ham o‘z minnatdorchiligimi bildirib qolaman".