Shohruh yakkaxon xonandalik faoliyatini yo‘lga qo‘ydi
Ma’lumki, bugungi kunga kelib Ummon guruhi faoliyati to‘xtatilgan. Biroq guruhning solistlari yakkaxon xonanda sifatida o‘z faoliyatlarini birin ketin yo‘lga qo‘yishmoqda. Jumladan Shohruh ham! U "Meni baxtim" yangi qo‘shiq yaratdi va ayni damda ushbu musiqiy asar uchun Turkiyada videoklip tasvirga oldirmoqda. Klip rejissyori Habibullo Nabiev. Tasvirchi Sarvar Sobirov. Klipda turk seriallari orqali bizga tanish bo‘lgan aktyor va aktrisalar ishtirok etishmoqda.
Tarona muallfilariga to‘xtaladigan bo‘lsak, qo‘shiq so‘zi Sharif Abdullaev qalamiga mansub. Bastakor Bekzod Turg‘unov. Demak, tez kunda Shohruhdan yangi qo‘shiq va videoklip premerasini kutib qoling!