Kuni kecha Shaxzoda Muhammedova instagram ijtimoiy tarmog‘i orqali ba’zi mijozlariga nisbatan dilidagi gaplarini yozib qoldirdi. Uning so‘zlaridan anglash mumkinki, aktrisa juda xafa bo‘lgan. Biroq nimadan bunchalik ranjidi?
Ma’lum bo‘lishicha, uni yulduzlik kasaliga chalinganlikda ayblashgan. Shu bois instagram orqali bu gap-so‘zlarga o‘z munosabatini bildirgan. Aktrisaning yozib qoldirgan so‘zlariga qaraganda, uning mijozi atelesiga tashrif buyurgan. Biroq Shaxzoda eskiz chizish bilan band bo‘lgani bois, mijozlarga ma’muri xizmat ko‘rsatgan. Shunga qaramay, mijozlar aktrisani yulduzlik kasaliga chalinganlikda ayblab, ijtimoiy tarmoqlarda turli xil gap-so‘zlarni tarqatishgan. Aktrisa bo‘lgan voqealarni bayon etar ekan, “ Shuni unutmang, men ham insonman, muzeydagi eksponat yoki zooparkdagi hayvon emas. Lekin ishxonamga kelgan vaqtimda butkul aktrisa ekanimni unutaman. Ish vaqtida modeler-dizayner bo‘lib yashayman.Agar mendan o‘tgan bo‘lsa uzr. Men oddiy el qatori qizman...” deya o‘z so‘zlariga yakun yasagan.