Kecha, 30 aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev va Turkiya Respublikasi Prezidenti Rejep Tayyip Erdo‘g‘on O‘zbekiston va Turkiyaning yetakchi banklari, kompaniya va firmalari rahbarlarining qo‘shma biznes-forumida ishtirok etdi.
Tadbirda Prezident O‘zbekiston tarixida birinchi marta Toshkent shahriga ishbilarmonni hokim etib tayinlaganini alohida ta’kidlab o‘tdi.
"Bu yigit hozirgi islohotlarni tushunadirgan, byurokratiyadan yiroq, O‘zbekistonga toza havo kirishga, investorlarni qo‘llab-quvvatlaydirgan, Toshkent shahrining ertangi kunini tasavvur qiladirgan, zamonaviy tadbirkor. Bu hech qaysi byurokratiya tizimida ishlamagan: raykom, partiya, boshqa joylarda, bizning boshqa rahbarlarga o‘xshagan. Toshkent eng katta hudud, shunga qaramasdan ertangi kunimni faqatgina tabirkorlarga ishonaman", - dedi Prezident.