O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedovning taklifiga binoan 6 mart kuni davlat tashrifi bilan Turkmanistonga keldi.
Ashxobod xalqaro aeroportida oliy martabali mehmon sharafiga O`zbekiston va Turkmaniston davlat bayroqlari ko`tarildi, faxriy qorovul saf tortdi.
O`zbekiston delegasiyasi o`zi uchun ajratilgan qarorgohga yo`l oldi.
Turkmanistonda Prezidentimiz tashrifiga katta tayyorgarlik ko`rilgani har qadamda sezilib turibdi. Shahar ko`chalari ikki mamlakat davlat bayroqlari, o`zbek va turkman tillaridagi qutlov so`zlari bilan bezatilgan.
Dasturdan ikki tomonlama muzokaralar, madaniy tadbirlar o`rin olgan. Tashrif yakunlari bo`yicha ikki davlat Prezidentlarining Qo`shma bayonoti, Strategik sheriklik to`g`risidagi shartnoma, shuningdek, turli sohalardagi o`zaro hamkorlikni yanada rivojlantirishga doir qator hujjatlar imzolanishi rejalashtirilgan.