Shavkat Mirziyoev bugun Toshkentni aylanishi kutilyapti
Bugun, 12 iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev joylarda amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishish maqsadida Toshkent shahri tumanlarini aylanishi kutilyapti. "Qalampir" bergan ma’lumotga ko‘ra, Shavkat Mirziyoev Toshkent shahrining Olmazor tumaniga borishi rejalashtirilgan. Davlat rahbari shaharda amalga oshirilayotgan loyihalar bilan tanishib, joylardagi ob’ektlarni ko‘zdan kechirishi kutilmoqda.