Sharof Sharapov: “mening oilamni Yigitali va Rayhonniki bilan solishtirmang”
Sartarosh, aktyor Sharof Sharapov aktrisa Gulchehra Eshonqulova bilan o‘tgan yili oila qurgani haqida xabar bergan edik. Yaqinda aktrisa farzand kutayotgani ma’lum bo‘ldi.
Sharof va Gulchehraning o‘rtasidagi yosh tafovuti sabab, ularni ko‘pchilik xonanda Rayhon va aktyor Yigitali Mamajonov oilasi bilan solishtira boshlashdi. Ushbu gaplarga Sharof Sharopov o‘zining “Instagram”dagi sahifasi orqali javob yo‘lladi, deb yozadi “Uz24.uz”.
“Qadrli o‘zbeklar, yaxshi va yomon odamlar. Barchaga tushunganilar uchun oldindan rahmat. Rayhon va Yigitali bu - umuman boshqa mavzu, azizlarim. Ikki turli odamlar hayotini solishtirmang va qoralamang. Agar ular birga bo‘lolmagan bo‘lishsa, bu biz ham ularning xatosini takrorlaymiz, degani emas. Ulardan ham ahvoli tang bo‘lgan millionta juftlar bor, biroq ular yengilmaganlar va birgalikda barcha to‘siqlardan o‘tib, baxtlidirlar!!! Tuganmas muhabbat va hurmat bilan @sharofsharapov va @guli_sharapova”,—deb yozib qoldirdi Sharof Sharapov.