Shahzoda Muhammedova YPX xodimlari nishoniga tushdi
Yaqinda Dubay safaridan qaytgan aktrisa va dizayner Shahzoda Muhammedova Yo‘l patrul xizmati xodimlarining nishoniga tushdi.
An’anaga ko‘ra YPX xodimlari Xalqaro xotin-qizlar bayrami munosabati bilan haydovchi ayollarni to‘xtatib, bu gal qoidabuzarlik uchun emas, aksincha hursand qilish uchun gul taqdim etishadi.
Shahzoda ham ana shunday baxtgi sazovor bo‘lganlar ro‘yxatidan joy oldi. Bu haqda uning o‘zi Instagramdagi sahifasida yozib qoldirdi. “Qo‘rqib ketdim, to‘xtatishsa. Qaniydi har qoidabuzarlik qilganimda shunday kutib olishsa…”, deya orzularini muhtasar qiladi aktrisa.