O‘zbek aktyori Bollivud studiyasi bilan shartnoma imzoladi
Yosh o‘zbek kinoaktyori va rejissyor Azamat Ahrorov Bollivuddagi studiyalardan biri bilan hamkorlik shartnomasi imzolangani haqida ma’lumot berdi.
“Sabo” gazetasiga bergan intervyusi chog‘ida bu haqida gapirib, 3 yoshidan beri sport bilan shug‘ullanishi, boks va karate bo‘yicha O‘zbekiston chempioni bo‘lganini aytar ekan, aktyorlar o‘z qad-qomatiga e’tibor berishi shart ekanini bildirgan.
“Yaqinda Bollivud studiyalari bilan shartnoma imzoladim. U yerdagi studiyalarning birida amakimning o‘g‘li Muhiddin Sattov agent bo‘lib ishlaydi. Uning yordamida shartnoma shartlarini ko‘rib chiqdim. O‘sha shartnomaga ko‘ra, aktyor bodibilding sporti bilan shug‘ullangan bo‘lishi, raqs ijro eta olishi va tilni bilishi shart ekan. Hozir shunga harakat qilayapman. Bizda ham aktyorlarga shu kabi talablar qo‘yilsa, yaxshi bo‘lardi”, degan u.
Shuningdek, u aktrisa Shahzoda Muhammedova bilan munosabatlari jiddiy ekanini ham tasdiqladi.
Kliplarda kam suratga tushishi borasidagi savolga “O‘sha arzimas pullar uchun yuzimni sotgim kelmaydi”, deb javob qaytargan yosh aktyor.
Exxxx bunchalar katta ketadi a? Bollivud Uchun sizdaqa dimoqi balandlarni olishmiydi yaxshi ham Tanish agent bor ekan! Arzimas pullar uchun yuzimni sotmayman deydi Aktyorni ishi Aktyor_ku! Siz uynamasangiz kim? Sirkdan keb maymun uynamiydiku!