Aktrisa Shahzoda Muhammedova va yosh aktyor Azamat Ahrorov o‘rtasidagi munosabatlar bir necha oylardan buyon muhokamalarga sabab bo‘lib kelayotgani hech kimga sir emas. Avvaliga ular munosabatlarini yashirishga urunishdi, keyin esa Azamat Ahrorov Shahzoda Muhammedovaning qo‘lini so‘ragani, sovg‘a-salomlar bilan unga turmush qurish taklifini bergani ma’lum bo‘ldi. Bu haqda Shahzoda Muhammedovaning o‘zi saytimizga intervyubergan edi.
O‘shanda aktrisa Azamatning taklifini hali o‘ylab ko‘rmagani, kimga turmushga chiqishini o‘zi emas, balki oila a’zolari hal qilishini aytgandi.
Ko‘p o‘tmay, u Azamat Ahrorov sovchi qo‘ygani va unga turmushga chiqishga rozilik bildirganini, to‘y kuni kattalar o‘zaro kelishib olishgach, ma’lum bo‘lishini aytdi. Bu orada ikki sevishgan Xitoyga ham ham safar qilishgandi.
Saytimizning ishonchli manbalaridan biri aktrisa Shahzoda Muhammedova va aktyor Azamat Ahrorovning munosabatlari yakun topgani, to‘y qoldirilgani haqida xabar berdi. Bu xabarga oydinlik kiritish istagida biz yana aktrisa bilan bog‘landik.
“Azamat aka bilan hali unashtirilmagan edik. Men ularni kino olamida yaxshi aktyor, yaxshi partnyor, yaxshi rejissyor sifatida hurmat qilaman.
Biz hamkorlikda 2 filmda suratga tushganmiz. Real hayotda esa Olloh taqdir qilmadi chog‘i, munosabatlarimiz yakun topdi. Biz bir-birimizga, oilalarimiz esa oilalarimizga to‘g‘ri kelmadi. Bunda atrofdagilarning ham hissasi katta. Meni ularga, ularni menga yomonlashdan charchashmadi.
Nazarimda, bizga ko‘z tegdi. Nima bo‘lgan taqdirda ham, biz yaqin do‘st bo‘lib qolamiz. Balki hammasi yaxshilikkadir. Nasib qilsa, hali yana ko‘plab filmlarda birga suratga tushamiz”, deydi Shahzoda Muhammedova.