Shahzoda Matchonova Markaziy Osiyoning eng yaxshi aktrisasi bo‘ldi!
Shahzoda Matchonova Qirg‘izistonda o‘tkazilgan xalqaro kinomukofotga nomzod bo‘lgani haqida, o‘zining instagram sahifasi orqali xabar bergan edi...
26 aprel kuni bo‘lib o‘tgan tadbirdan xushxabar keldi. O‘zbek aktrisasi Bishkekda bo‘lib o‘tgan “Ak Ilbirs” Milliy kinomukofotida ishtirok etib, “Ma’suma” (rejissyor Yolqin To‘ychiev) filmi uchun “Markaziy Osiyoning eng yaxshi aktrisasi” e’tirofiga sazovor bo‘ldi.
Biz ham o‘z o‘rnida Shahzodani ushbu yutuqqa erishgani bilan qutlab, yanada yuksak parvoz tilab qolamiz.