Shahzoda Matchonova o‘z juftini topganiga sha’ma qildi
Anchadan buyon kinofilmlarda ko‘rinmay qolgan aktrisa Shahzoda Matchonova ijtimoiy tarmoqlarda juda faol. Matchonovaning bugun Instagram’dagi shaxsiy sahifasiga yozib qoldirgan fikrlari e’tiborimizni tortdi. U ozodlik va baxt borasidagi qarashlari bilan o‘rtoqlashar ekan, allaqachon o‘z juftini topganiga sha’ma qildi.
“Men o‘zgalar fikridan qo‘rqib emas, o‘zim to‘g‘ri deb bilganimcha yashayman. Butunlay ozod insonman, deya olmayman, zotan ozodlik ham turlichadir. Biroq eng muhimi do‘stlar, kasb, xayotdagi juftimni tanlashni o‘zim hal qilganman. Yaratgan hammamizga faqatgina bir hayot baxsh etgan va biz hech kimga qaram bo‘lmagan holda baxtli yashashimiz zarur. Hayot – juda qisqa fursat, aynan shu onda baxtli bo‘lish juda muhim. Mening kalbimda bahor va men shunday baxtliman”.