Shahzoda Matchonova: “boshqalarning o‘zim haqimdagi salbiy fikrlari meni qo‘rqitmaydi”
Aktrisa Shahzoda Matchonova o‘zi haqida aytilgan salbiy fikrlar uni xavotirlantirmasligini bildirib o‘tdi.
“Imom ash-Shofiy shunday degan: ‘O‘zini yaxshi bilgan insonga boshqalarning u haqidagi fikrlari qo‘rqinchli emas’. Imomning hikmatli so‘zlarini inobatga olgan holda, menga ham qandaydir ‘yaqin’ insonlarimning o‘zim haqimda nima deyishlari qo‘rqinchli emas. Shuningdek, butunlay notanish insonlarning meni kimgadir yomon ko‘rsatishga intilib, aytgan so‘zlari meni qo‘rqitmaydi. Ishonaman, vaqt hamma narsani joy-joyiga qo‘yadi”,—deb yozdi aktrisa.