Shou-biznes olamida to‘y va ajralishlar haqidagi xabarlar darrov tarqalib ketadi. Shahzoda Matchonovaning to‘yi haqida xabar berganimizga uncha ko‘p bo‘lmadi. Ammo ma’lum bo‘lishicha aktrisa oilasidan ajrashgan. Bu gap-so‘zlar shunchaki mish-mish deya o‘ylayotgan edik. Biroq, Shahzodaning «Instagram»dagi shaxsiy sahifasiga joylashtirgan so‘nggi videosi izohlarida unga savol berishgan. Aktrisa esa javobdan qochmay, dangal javob berib qo‘yaqolgan.