Shahzoda “Boyvachcha kuyov” filmi uchun saundtrek kuylaydi
Rejissyor Bahrom Yoqubov estradamizning yorqin yulduzi maftunkor Shahzoda “Boyvachcha kuyov” filmi uchun saundtrek kuylashini ma’lum qildi. Xonanda Bahrom Yoqubovning bir nechta filmlarida suratga tushgan bo‘lib, uning har bir ijro etgan roli o‘z muxlislarini topgan. Mazkur saundtrek ham nafaqat filmni muvaffaqqiyatli chiqishiga balki, yanada qiziqish ortishiga sabab bo‘lsa ajab emas. Chunki, Shahzodaning har bir ijod mahsuliga xalqimiz tomonidan katta qiziqish bildiriladi va qisqa fursatda ommalashadi. Kartina uchun yaratilayotgan saundtrek ham kutilgan natijani berishi aniq. Ayni damda “Pari” deb nomlangan ushbu saundtrekni suratga olish uchun tayyorgarlik ishlari olib borilmoqda.
“Boyvachcha kuyov” filmiga to‘xtaladigan bo‘lsak, mazkur kartina Bahrom Yoqubov rejissyorligida tasvirga olingan. Kartinada bosh rollarni “Qochqin” filmi orqali barchaga tanish bo‘lgan yosh aktyor Alisher Usmonov, Zarina Nizomutdinova, Yulduz Rajabova ijro etgan. Prodyuser Ruslan Mirzaev. Operator Umid Malikov.