Shahzoda “Boyvachcha kuyov” filmi uchun saundtrek kuyladi
Estradamizning maftunkor xonandasi Shahzoda tez kunda omma etiboriga namoyish etiladigan “Boyvachcha kuyov” filmi uchun saundtrek kuyladi.
Bugun ushbu saundtrekni suratga olish ishlari bo‘lib o‘tdi. O‘ta qiziqarli va quvnoq ijodiy jamoa bilan bo‘lib o‘tgan jarayondan fotoreportajni sizlarga taqdim etamiz.
Saundtrek uchun tanlangan tarona “Pari” deb nomlangan bo‘lib, bu kompozisiya xonandaning yaqindagina bo‘lib o‘tgan konsert dasturida ilk bor jarang sochgan edi.
Allaqachon tinglovchilarini topib ulgurgan musiqiy asar yaqin kunlarda saundtrek sifatida xalqimizga havola qilinadi.
“Boyvachcha kuyov” kartinasi avval ma’lum qilganimizdek, rejissyor Bahrom Yoqubov tomonidan suratga olingan. Unda bosh rollarni Alisher Usmonov, Yulduz Rajabova, Zarina Nizomutdinova ijro etishgan.