Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » SHOU-BIZNES HABARLARI

Sevinch Mo‘minova yana muxlislar bag‘rida

Sevinch Mo‘minovaning qo‘shiqlarini tinglagan odam beixtiyor raqsga tushib ketadi. Yorqin va raqsga chorlovchi taronalari bilan muxlislari e’tiboriga tushgan Sevinch oila qurgach, ancha vaqt ijoddan yiroqda bo‘ldi. Farzand tarbiyasi bilan band bo‘lgan xonanda vaqti kelib ijodini qayta davom ettirishni maqsad qilgandi, deb yozmoqda popcorn.uz.
Mana vaqti soati kelib, ayni damda xonanda, ham oilani, ham ijodni bir maromda olib borish istagida ekanligini bildirdi. Sevinch Mo‘minova yaqindagina ''Yolg‘onchi yor'' taronasiga tasvirga olingan videoklipni omma diqqatiga havola etib, shu kunlarda yana boshqa ko‘shig‘i uchun klip tayyorlash niyatida.
''Ko‘ylagim'' nomli tarona Gulbahor Mo‘minova qalamiga mansub she’r asosida yaratilgan bo‘lib, musiqa muallifi Rustam Tulashev.
Sevinch avvalgi taronalari kabi raqsga chorlovchi, biroz erkaliklar bilan ijro etgan yangi qo‘shig‘ini muxlislar olqishiga sazovor bo‘lishiga umid bog‘lamoqda.
Bir necha yillik ijodiy chekinishdan keyin qayta shijoat bilan o‘z muxlislari ko‘nglini olmoqchi bo‘layotgan ijodkor shahdam qadamlar bilan olg‘a bormoqda.


Категория: SHOU-BIZNES HABARLARI
Просмотров: 9578 | Комментарии: 1 | Рейтинг: 0| Рейтинг: Sevinch Mo‘minova
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 1
2393bell Sevinch Mominova yaxwi xonanda unga omad
Like | 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 05:07
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное