Xonanda Sevinch Mo‘minova internetdan foydalanmaslikka qaror qildi. Bu haqda u Instagram`dagi sahifasida ma’lum qildi.
“Aziz muxlislarim, mehribonlarim, sizlar bilan Instagram`dan xayrlashaman, bugun oxirgi kirishim. Sizlar bilan yaxshi kunlarda ko‘rishamiz. Unutmang, sizni yaxshi ko‘raman! Xayr, Instagram,xayr internet! Salom yangi hayot!”,— deb yozib qoldirdi xonanda o‘zining shaxsiy sahifasida.
Xonanda nima sababdan internetdan va Instagram`dan foydalanmaslikka qaror qilganiga oydinlik kiritmagan.
Sevinchning muxlislari xonandaning bu qarorini qo‘llab-quvvatlagan.
“To‘g‘ri qilasiz internetga kamroq vaqt ajratsangiz, ko‘proq vaqtingizni qizingiz bilan o‘tkazasiz”,— deb yozadi internet foydalanuvchilaridan biri.