Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » SENGA OSHIQMAN

Senga Oshiqman seriali Tugadi (mi?) yoki Tugatishdi (mi?)


Hurmatli saytimiz foydalanuvchilari hamda Senga oshiqman serialining qizuquvchan muxlislari va tomoshabinlari. Yaqindagina Kinoteatr telekanali orqali efirga qayta namoyishi boshlangan sevimli Senga Oshiqman seriali mana bugun telekanal ijodkorlari qarori bilan yakuniy qism deb tugatildi.

Ko'plab saytimiz foydalanuvchilari bizlarga e'tirozlar bilan murojaat etdilar. Ularning aksirayati Senga Oshiqman haqida edi.  Serial aslida 450 qismdan ortiq. Undagi voqealar rivoji keskin tus olib boradi. Ko’plab qiziq voqealar, Dishaning qaytib kelishi, Ranvir va Ishanining turli qiyinchiliklarni mardonovor bosib o’tishlari gavdalangan. Mening fikrimcha Kinoteatr telekanali serialning juda cho’zilib ketgani, yoki Sevgi Iztirobi kuni kelmasin deb, Ishani va Ranvir nikoxi bilan serialni yakunlashni maqul ko’rishdi. Tan olish kerak, Rejissiyor tomonidan ham mazkur serial juda cho’zib yuborilgan. Qisqa voqeylikni ham, cho’zib yuborishgan nazarimizda. Extimolkim shuning uchun ham serialni yarmidan yakunlashni maqul ko’rishgan bo’lsa ne ajab.

Ammo, "Senga oshiqman" seriali, tan olish kerak, qisqa muddat ichida juda ko‘p muxlislar e’tiboriga tushdi. To‘g‘ri, ba’zi joylari har qanday kishini ensasini qotirishi tabiiy. Lekin chuqurroq o‘ylab qaralsa, inson o‘ziga xulosa chiqaradigan joylari ham bor. Ayniqsa, bosh qahramon - Ishanining har qanday holatda ham yaqinlari uchun o‘zini qurbon qilishi hayotga unchalik mos kelmasa ham, bir-birimizga mehrli, oilaga sadoqatli, oqibatli bo‘lishga undaydi. Ayrim joylarini hattoki ko‘z yosh bilan ko‘rasan, kishi.

MUXLISLAR FIKRLARI:

1-MUXLIS: Nega aynan biz sevib tomosha qilayotgan, yakunini orziqib kutayotgan serialimiz bunchalik tanqid ostiga olinyapti? Buni xalq uchun qayg'uryotgan "xalqparvar"lar aytyaptimi yoki serial muvaffaqiyatini ko'rolmaydigan ko'rolmaslarmi? Birinchi bor tanqidiy maqolani o'qiganimda unda serialdagi bo'rttirishlar, o'zbek qizlarining Ishaniga taqlid qilishlari va hokazo bema'ni vaj bahonalar keltirilganini ko'rdim. O'sha "aqlli" tanqidchilar aytsinchi badiiy to'qimalar,bo'rttirishlar qaysi filmda yo'q? Bu serial boshdan oyoq milliy ruhda ishlangan. Hammaga ma'lumki, hind madaniyati va o'zbek madaniyati bir-biriga nihoyatda yaqin. 2 mamlakatni uzoq o'tmish bog'lab turadi. Menimcha bunaqa qarshi fikrlar hind xalqiga nisbatan o'taketgan hurmatsizlik. Bu tanqidlarga hech bir asos ko'rmadik. Ishaniga taqlid qilayotgan qizlarga kelsak, buni nimasi yomon?! Bizni mamlakatimiz hindlar bilan do'stona munosabatda. Bu degani hamma ularga ergashib ketdi degani emas- ku axir! Qizlar uchun chiroyli ko'ringan aktrisalar bir muddat go'zallik timsoliga, idealiga aylanadi. Albatta, keyingi ideallari paydo bo'lguncha. Bunga sabab esa tabiiyki ayollarning go'zallikka intilishlari. Buni hech bir yomon tomonini ko'rmadik. Axir o'zimizni butun dunyoni lol qilgan milliy matolarimiz, madaniyatimiz, liboslarimiz bor, xavotirga na hojat? Bizni matolarimizni boshqa xalq vakillari havas bilan kiyganda biz behad shod bo'lmaymizmi? Buyuk milliy madaniyatimizdan quvonmaymizmi? Faxrlanmaymizmi? Nega endi ular buni his etishmasin?! Bizni milliy madaniyatimiz necha asrlardan beri qanchadan qancha chig'iriqlardan o'tdi. Ammo o'lmadi. Ajdodlarimiz bizga o'lmas milliy madaniy meros qoldirib ketishgan. Mustaqil yurtimizning aqlli, uddaburon, vatanparvar yoshlari ushbu merosimizni asrab avaylashlariga hech bir shubha yo'q.

Fikrlarim so'nggida "Kinoteatr" telekanaliga shuni aytmoqchimanki, agarda barchani mehrini qozongach, seriallarni to'xtatib qo'yadigan bo'lishsa umuman serial qo'yishmasin. Oddiy xalq barcha ishlarini tugatib endi maroq bilan mehr qo'yib madaniy hordiq uchun ko'rayotgan seriallari qiziq nuqtasida yakun topayotgani barchani xafsalasini pir qilyapti. Bir vaqtlar Yoshlar teleradiokanali ham shunday yo’l tutar edi, shundan mana bugungi kunga kelib, telekanal auditoriyasi ham kamayib ketdi, Bunga faqat telekanalning o’zi aybdor!

2-MUXLIS: ''Senga oshiqman'' serialini ko'rib kelardim. Uni ekrandan olib tashlab yana qayta qo'yishdi. Bu safar oxirigacha to'liq qo'yamiz deb ham va'da berishdi. Lekin bugun yakunlovchi qism deb tugatib qo'ya qolishdi. Vaholanki hali serial tugagani yo'q! Hali 60 ga yaqin qismi bor. Sevgi iztirobi''ni ham ''1-fasl tugadi''deb tugatib qo'yishdi. To'g'ri, mentalitetimizga mos emasdi u. Bir narsaga hayron bo'laman. Nega bizda doim shunday?! Seriallarni oxiriga yetkazmay uzib qo'yishadi. TV xodimlaridan iltimosim, serialni sotib olib dublyaj qilishdan avval bizning mentalitetga mosmi, mazmun-mohiyati, undagi ilgari surilgan g'oyalar qanday shularni ham izlab topib ko'rishlarini aytmoqchiman. Tomoshabinni qiziqtirib qo'yib, keyin to'xtatib qo'yish noto'g'ri. Hamma kino, seriallar internetda bor. Voqealar rivoji ham yozma bayon etilgan. Shularni erinmasdan o'qib chiqishsa bunday uzilishlar bo'lmasmidi.
Hammayam shu seriallani ko'rib ahloqi buzilib, tarbiyasiz bo'p qomidiku. Keremas odam ko'rmasin. O'zin ko'rmasen boshqalani ko'rishiga qo'yiber. Yozurib kara sevdani olib tashlashdi.
Azgina dam olib ishla tashvishladan chalg'ish uchun ko'riladiyu serial ko'pchilida. Qaynana kelin mojarolari bo'lishi keremi faqat mavzusi. O'zimizdagi kino seriallaga o'xshab...

3-MUXLIS: Bu hayotda har kimning o‘z qarichi bor. Nima, telekanallarimizda berilayotgan boshqa kino yoki seriallarda urush, o‘zini o‘ldirish kabi sahnalar yo‘qmi?! Uni har kuni ko‘rish mumkin. Ekranda bo‘lmasa, bunday disklar minglab topiladi shaxarlarimizda. Balki, yosh bolalarga o‘sha seriallarni (xususan, sevgi, qotillik to‘g‘risidagi) tomosha qildirayotgan biz ota-onalar, o‘zimiz aybdordirmiz. “Ishani”ga asosan, o‘smir qizlar taqlid qilishi mumkin. Ularga serial ko‘rgandan ko‘ra darsingni qil deb o‘zimiz aytishimiz kerakdir, balki?! Xullas, aytmoqchimanki, biror narsadan yaxshi xulosa chiqarish ham, yomon xulosa chiqarish ham o‘zimizga, dunyoqarashimizga bog‘liq.

ADMIN: Qisqa fikr bildirib o'taman, Davlat telekanalimi yoki Nodavlat telekanalmi barchalarining ma'murlariga aytar so'zim: agarda xalqimiz uchun biror bir film yoki serial namoyish etishni maqsad qilishsa avval u serialni to'liq o'rganib, uning mazmun moxiyatini, tarbiyaviy jixatini ko'ruvchilar auditoriyasini aniqlagandan so'ng namoyishga loyiq bo'lsa (serialni to'liq namoyish etishga ko'zlari yetsa) keyin ma'lum bir vaqtda namoyishi belgilansa maqsadga muvofiq bo'lar edi.
Masalan, ayollar uchun serial bo'lsa bunday seriallarni kunduzgi kunning birinchi yarmida (erkaklar va bollalar yo'q vaqtda) namoyish etilsa, oilaviy film, seriallarni esa kechgi dasturlarda namoyish etishni rejalashtirsa har tomonlama qulay bo'ladi deb o'ylardik. Telekanallarimiz reklamachilar uchun emas, xalqimiz uchun hizmat qilishsa yanada rivojlanishadi deb so'zimni yakunlasam. 
Barcha telekanallarimizga omad...



Категория: SENGA OSHIQMAN
Просмотров: 11498 | Комментарии: 4 | Рейтинг: 1| Рейтинг: Senga Oshiqman
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 4
shohista077 Senga oshiqman serialini foydali jihati yoq bizni mint elite timings mutloqo zid bunday filimlani qoymaslik kerak faqat salbiy tasir otkazadi yoshlarimizga
Like | 0
dima4436936 Barcha fikrlar ajoyib va tög'ri aytilgan.telekanallarga nima bölyapti bilmiman.Shuning uchun köp serial körmasdan futbol köramanda.OLG'A UZREPORT VA FUTBOL TV.
Shu mavzuni kötargani uchun Tarona.netga ham raxmat.
Like | 0
Asadbek2002 Bitta so`z bilan aytganda Barcha milliy telekanallarimiz TV ni yuritishni bilmaydi. Men faqat bitta ZOR TV ni yahshi deb bilaman. Chunki u zamonaviy telekanal zamon talabiga javob  beradi. Lekin ularda ham tog`ri sevgi istirobi ni to`htatib qo`yishdi. Rostanam meni Fikrimcha Sevgi istirobi bizni mentalitetimizga tog`ri kelmasdi. Ammo Senga oshiqman seriali ni tohtatib qoyganini aslo kechirib bo`lmaydi.  Fikrim so`ngida shuni takidlaymanki TV larimizda fayz yo'q. Ishlashni bilmaydi!
Like | 0
farizam123 Men shu barcha izohlarimizni Kinoteatr kanali barcha mamurlari o'qishini istardik. Chunki ushbu serialning tugatib qo'yilishi ko'pchilik muhlislarga yoqmadi. Serial haqida oladigan bo'lsam, men serialning davomini ko'rganman. Tarjimasiz qismlarini hali bu serialning davomi anchagina. Bundanda qiziq voqealar rivoJi bo'ladi. Lekin afsus buni to'xtatib qo'yishdi. O'rnak olishyabdi bu serial bunaqa bu serial unaqa deyishadi. Taqlid qilishsa yaxshiliklari urf odatlari va kiyinish uslublarini taqlid qilayotgandir. Shuni sizlar taxlil qilib ko'rizlar. Yuqorida aytilgan fikrlar to'g'ri. Chunki doim to'xtatilib kelayabdi shunaqa judayam QIZIQ SERIALLAR. Balki shuning uchun xam deyarli hech kim oldin ochilgan kanallarni ko'rmay qolgandir. Menimcha hozir Hamma faqat milliy, zo'r, my5 va sevimli tv larni ko'rayotgandir. Kinoteatr kanali mamurlari sizlarga iltimosimiz va maslahatimiz muhlislarni qiziqtirizlar norozi qilgandan ko'ra!!!
Like | 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 17:02
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное