Filmni navbatdagi qismi, va kelgusi haftadagi voqelar ham sizlarga qiziq deb o'yladim.
Senga Oshiqman, navbatdagi bir nechta qismlardagi voqealar rivoji:
Chirak ayyorlik bilan go'zal qizi orqali RV bilan shartnoma tuzish bo'yicha kelishuvga ega bo'ldi, Ular buni bayram qilib bo'lib, Chirak va go'zal qiz RV ning uyiga u bilan uchrashgani kelishadi, ular RV bilan shartnoma bo'yicha gaplashmoqchi bo'lishadi, ammo RV bo'lib, Ranvir emas uning yoramchisi chiqadi, U Chirakka shartnoma tayyor, sizlar bilan hamkorlik uchun siz ham pul tikasiz deb uning bor mol-mulkini o'rtaga tikishga majbur qiladi. CHirak albatta katta foyda ilinjida bunga rozi boladi, u hamma narsasini garovga qo'yib undan qarz oladi, ammo u bilmasdiki RV deb yurgani RANVIR ekanligini.
Ranvir esa uni honavayron qilishga urinayotgan edi.
Ishani ertasi kuni office ga kelganida uning stolini yonida stul ham turardi, kecha kun bo'yi tik oyoqda turgan Ishani bu stolni ham chetga suradi, uning dugonasi stulda o'tir deydi, Ishani yo'q, meni bu yerda tik turib ishlashimni xoxlashayotgan bo'lsa men ham o'tirmayman deydi, (yo tavba shunaqayam qaysar bo'ladimi a???). Oz vaqtdan so'ng Ranvir uni xonasiga chaqiradi, Ishanidan Taqdimot va malumotlar qani deb so'raydi. Ishani hamma malumotlar tayyor lekin afsuski kompiyuterimni olib qo'yishgan, shu sabab dugonamni kompiyuteri bo'shasa keyin men prezintatsiyani tayyorlayman deydi.
Ranvir esa Ishaniga: agar yaxshilab axamiyat bersang sening stolining ustiga yangi notebook qo'yib qo'yilgan, shu senga, uni ishlatda menga 30 daqiqada hamma malumotlarni tayyor qilib ber deydi. Ishani chiqib ketayotganda Ranvir unga: ha yana bir gap, seni stolining yoniga stul ham qo'yib qoyishdi, endi o'tirishing mumkin, agar o'tirmasang unda stoliningni ko'chaga olib chiqib qo'yishadi, keyin ko'chada ishlaysan deydi. (Naqadar muxabbat, naqadar mexribonlik, yangi notebook! ahr bu zo'rku, qaniydi bizga ham bitta bo'lsa) Ammo ishani buni ham qadriga yetmaydi, Notebookni yoqaman deb ishxonada katta elektor tutashuvi sodir qiladi, Bu Ranvirga yoqmaydi. Tutunlar ichida qolgan Ishanini hamma tashlab qochadi, Ranvir esa tutun orasidan Ishanini olib chiqadi. (ex bu yigit, ideal bolekan, juda mexribon, Ishani shundo bolani qadriga yetmayapsan, Ko'r bo'lasan, KO'R...)
***
Chirak hamma pulidan ayrilgach RV bu Ranvir ekanligini biladi, g'azab bilan Ranvirni oldiga borib pullarni qaytarishini so'raydi, ammo u qaytarishdan bosh tortadi. Keyin CHirak bo'lsa bunga chidolmay alamini ISHANIdan oladi, uni urib humordan chiqadi.
***
Ertasi kuni Ranvir Ishanini yuzidagi shishishlarni ko'rib, buni Chirak qilganini darhol sezadi va Chirakni uchrashuvga chaqiradi. Ranvir chirakka pullarini qaytarib beradi va qayta Ishaniga biror nima qiladigan bo'lsang seni sog' qo'ymayman deb jan-jal qiladi.
Chirak esa pullarni qarzlarini yopishga sutxo'rga olib boradi, Lekin u bilmasdiki bu RV bergan pullar soxta ekanligini, Ravir soxta pul bahonasida Chirakni qamatib yubormoqchi bo'ladi, ammo Chirakning uyiga palitsiya kirib kelganda u yerda Ishani ham bor edi, Palitsiya Ranvirni hibisga olayotganda Ishani ularga to'xtashlarini, Chirakda ayb yo'q ekanligini bularning bariga o'zi sababchi ekanini, soxta pullarni Chirakga men berganman deb aytadi. Ey Hudoyim bu qanday jinnilik, qaysi aqli-hushi joyida odam shunaqa qiladi? to'g'risi bu qismlar bilan tanishib judayam jaxlim chiqib ketdi. Anu iflos Chirak ham indamaydi. Ishani esa palitsiyachilar tomonidan qamoqqa olinadi va maxbuslar xonasida juda og'ir qiynoqlarga solishadi. Ishanini qiynalishini bilib roxatlanayotgan CHIRAKdan g'azablandim. Ranvirni sevgisini chunmasdan, Chirakga kampot bo'layotgan Ishanini esa o'ldirib qo'ygim kelayapti, Ranvir qamoqxonaga Chirakni ko'rgani keladi, lekin qaysi ko'z bilan qarasaki panjara ortida jondan aziz sevgilisi Ishani judayam og'ir holda o'tirardi. Qiynoqlardan dod solayotgan axmoq Ishani o'tirardi.
Bu yerda to'liq hammasini yozmadim, ochig'i judayam iltimos qilishgani uchun saytga yukladim. Voqealarning bu rivoji manga umuman yoqmadi!!! Ammo hammasi yana iziga tushadi degan umiddaman. Yana fikrlarim bo'lsa sizlar bilan o'troqlashaman. Bizni kuzatishda davom eting.
UMIDJON tayyorladi
Eslatma: ushbu chop etilgan maqola, aynan tarona.net sayti mualliflik huquqi asosida chop etilgan, uni sayt rahbariyati roziligisiz, boshqa manbalarda chop etish, tarqatish qat'iyan man etiladi, va belgilangan qonunlar asosida javobgarlikka tortiladilar...
|