Barcha saytimiz foydalanuvchilari, Senga oshiqman filmiga oshiq bo'lib qolgan muxlislar, navbatdagi qism nima bilan tugashiga qiziquvchi yoshlar tomonidan berilayotgan tinimsiz talab va istaklarga ko'ra serialning voqealar rivonining navbatdagi ya'ni bugun bo'lib o'tuvchi holatlarni sizlar bilan bo'lishaman.
Barchangizga ma'lum Ranvir qamoqxonaga Chirakni ko'rgani kelgan vaqt, Panjara ortida Chirak emas Ishani o'tirgan edi, Nega bunday bo'ldi degan savol barchani hususan Ranvirni o'zini ham qiynardi.
Ranvir qamoqxona boshlig'iga nega Ishanini qo'lga oldingiz? U begunox deya savol beradi. Shunda Palitsiyachi unga yo'q janob, Ishani xonimning o'zlari barcha ayblariga iqror bo'ldilar deb aytadi.
Ranvir nimalar bo'layotganiga chunmasdi, uning rejasi bo'yicha qamoqga Chirak tushishi kerak edi, ammo Ishani qanday bu yerga kelib qoldi. Shunda Chirak kelib Ranvirga: seni rejang yaxshi edi, ammo meni sindirolmaysan, chunki meni jondan sevadigan, men uchun hatto o'lishga ham tayyor bo'lgan inson bor deb, aslida nima bo'lganini aytadi, Palitsiyachilar Chirakni olib ketishayotgan vaqt Ishani ularga to'xtashlarini, bu qalbaki pullarni aslida Chirakga o'zi berganini aytadi.
Bu gaplarni eshitgan Ranvir yanayam g'azablanadi. Chirak esa unga: endi sen bu yerda ushlanib qolasan, ahr jondan sevganing shu yerda qiynalib turishiga jim qarab turmaysanku, men esa o'ynab kulaman, hayr deb chiqib ketadi. (naqadar hudbinlik)
Chirak chiqib ketayotganini Ishanining onasi ko'rib qoladi. Unga ham Chirak qo'ng'iroq qilib, qamoqxonaga chaqirgan edi.
Ranvir esa tezda Yuqori amaldorlarga qo'ng'iroq qilib, palitsiya uchastkasini oyoqqa turg'uzib Ishanini garov evaziga zudlik bilan chiqartirib yuboradi. Ishaninig onasi qizini olib ketadi.
Uyga borgandan so'ng qizini tinmay urshadi, Chirak seni sevmaydi, Seni aldab yuribdi, U senga hech qachon uylanmaydi, Sen qamoqxonada qiynoqlardan azob chekib o'tirganingda u seni tashlab chiqib ketdi. Seni nima jin urdi, hech zamonda inson o'zga bir insonning aybini o'z bo'yniga oladimi? Ahmoqsan deb uni uradi, Ishani esa shuncha gaplardan keyin ham CHirakni sevishini, u siz yashay olmasligini aytadi.
Onasi esa seni u qutqarmadi, Ranvir kelib butun shaxarni oyoqqa turg'azib seni u yerda chiqarib yubordi, U seni juda sevadi desa, Ishani: yo'q oyi u meni atayin qo'yib yuborgan, ishxonada meni bundan battar taxqirlash uchun olib chiqqan, U meni Chirakimga zug'im qilmoqchi, men bunga yo'l qo'ymayman deb aytadi. (yooo tavba bu qiz g'irt jinni ekanku, nima shunchakilik birovni aybini bo'yniga olib qamalib ketadimi? o'z onasini gapiga ham kirmasaya? Shundo Ranvirni qadriga yetmasaya?...)
Chirak Shanela bilan birga katta bir kechaga kelib o'tirishadi, shu vaqt Chirakni telifoni jirinlaydi, U qarasa Ishani qo'ng'iroq qilayotgan bo'ladi, Chirak: qanday qilib u Palitsa uchastkasidan telifon qilishi mumkin deb hayratlanadi va go'shakni ko'taradi. Ishaniga u xozir advakatni oldiga kelganini aytadi va qanday qilib qamoqxonadan qong'iroq qila olganini so'raydi. Ishani esa hozir qamoqxonada emasligini, ular darxol qo'yib yuborishganini aytadi. Chirak: nima? qoyib yuborishdi. qanday qilib? deb hayratlanadi.
Bu vaqtda shu kechaga RV ham kelayotgan edi, Uning yordamchisi allaqachon kechada edi. U yordamchisiga telifon qilib hammasi joyidami deb so'raydi, u ha deb javob beradi, Ranvir bu kechaga u Sanjiv Zaver bilan ko'rishish uchun kelayotgani, u inson kechaga kelgan kelmagani so'raydi, U inson Ranvirning ustozni eng yaqin do'sti edi.
Ranvir kechaga kirib keladi va janob Sanjiv bilan korishgani oldiga boradi, shu vaqt Chirak ham o'sha yerga ko'rishgani boradi. Chirak va Ranvir o'zlari haqlarida janob Sanjivga gapirib berishadi. Ularni tinglagach janob Sanjiv Ranvir sen bola menga yoqding, sen uzoqqa borasan deb aytadi. Bundan Chirakni jaxli chiqadi, Keyin u atayin Ranvirni oldida Shanelani olib birga raqsga tushishadi, ekyin bir aloxida xonaga kirib, bir birlani erkalab o'tirishadi. Shu vaqt kechaga Ishani tashrif buyuradi, IShani kechaga Chirakni qidirib kelganini aytadi. Shunda bir afitsand Chirak janoblari sizni tepadagi xonada kutmoqdalar deb aytadi. Ishani o'sha xonaga chiqib ne ko'z bilan qarasaki sevgilisi CHIRAK jon Shanela bag'rida edi. Ko'zlariga ishonmasdi, ich-ichidan yeg'lardi. (exxx borakanku haqiqat, bu iflos bolani basharasini ochgan esa Ranvir edi, U atayin bularni hammasini uyishtirgan bo'ladi, Ishanini kechaga Chirak nomidan chaqirtigan ham RV ning o'zi edi. Yasha Ranvir, boblading.)
Ho'sh davomi nima bo'ladi deb qiziqyapsizmi? buni endi ertaga aytaman....
UMIDJON tayyorladi
Eslatma: ushbu chop etilgan maqola, aynan tarona.net sayti mualliflik huquqi asosida chop etilgan, uni sayt rahbariyati roziligisiz, boshqa manbalarda chop etish, tarqatish qat'iyan man etiladi, va belgilangan qonunlar asosida javobgarlikka tortiladilar...
|