Assalomu alaykum hurmatli muxlis. Barchangizdan maqoalarimiz kechikyotgani uchun uzr so'rayman. Shu kunlarda biroz tobim yo'q. Meni o'ylab men uchun izohlarda iliq tilaklar bildirgan barcha-barcha muxlislarimga kottakon raxmat. Boringizga shukur!
Senga oshiqman filmi qizigandan qizimoqda. Aytishim joiz shu kunlarda serial voqealari keskin o'zgaradi.
bundan avvalgi 62-qism voqealari bilan tanishish (manba)
Endi esa marxamat nabatdagi qism voqealari bilan tanishing!
Ranvir hamda Ishani RV ning yangi hamkori va uning rafiqasini mexmon qilishyotgandi. Ranvir qo'lini kuydirib olgach Ishani uni o'zi ovqatlantirib qo'yadi. (exxxx qanday romantika, ularga havasim keladi. To'g'ri hozirda Ishani RVni to'liq sevmaydi, lekin baribir Ranvirni o'rnida bo'lib qolgim keladi)...
Dasturxondan turgan mexmonlar va oila a'zolari suhbatlashib o'tirishar, bu orada Ishani o'zi Niten bilan birgalikda tayyorlagan shirinlikni mexmonlarga olib bormoqchi va nimadur esdan chiqdi deb Niten aytgan qo'shimchani qo'shish uchun stoldagi 5 6ti ziravor donlardan birini olib qo'shadi, u ustidagi yozuvga qaramaydi va sepib olib ketadi. Sizlarga shirinlik opkeldim Ranver e qani deb bitta ko'sokini olib tishlab ko'rdi. Ranver o deb endi mazasini bilmoqchi lekin uning achchiqligidan yuzlari va ko'zlari o'zgarib ketti. Parul hayron. Ishani biroz o'ylandi va mehmonlar tomon yuradi. Ranver yo'q deb barcha shirinlikni likobchasi bilan olib qo'yadi. Hamma hayron.
Kechirasizlar bu mani sevimli shirinligim. Ranvir bu shirinlik juda yomon bo'lsada mexmonlar Ishani taom pishirishni ham bilmasligini payqab qolmasliklari, soddaroq aytganda Ishanining hurmati tushmasligi uchun barchasini yeyishga majbur bo'ladi.
Mexmonlar ketishgach Ranver Ishanini jig'iga tegar orada Ishani o'zi bilmagan holda uzur so'rar va gapni sarega burub ketar. Ranverni qorni g'uldirab qoladi. Ishani qorning desa yoq bu manmas saniki Ishani nima yana bir bor g'ulduradi Ishani gapirib ketib qoldi. Ranver Parul deb ketadi.
Uyog'da Ishani Nitin bilan suhbatlashib kelar. Oshhonada qilgan hatolarini bilgan Ishanini
Nitin o'z qizidek boshlaridan ushlab erkalar buni Falguni ko'rib g'azablanib: Ishani buyerda nima qilyabsan Ranverni oldiga bor. U seni qidirmoqda, deydi.
Ishani ketgach Nitinni haqqi yo'qligini otasi Harshad Parekhligini Falguni gapiradi. Shunda Niten bu bekorga emasligi, Niten ham o'z qizining baxtli bo'lishini hohlashini Ranvir va Ishani o'tasida muammolar borligini aytadi. Falguni bunga ishonmaydi va chiqib ketadi.
Ranver Ishani bilan o'z xonalarida suxbatlashib, Ishani bechora yana uzr so'rashga urinardi, shu maxal Falguni kirib keladi, Ranvir uni ochiq chexra bilan kutib oladi, Falguni ularga to'ydan so'ng hech bir yerga aylangani bormadingiz, tez kunda Dishaning ham to'yi bo'ladi, sizlar saxoyatga chiqsangiz degandim, Bu meni sizlarga to'y sovg'am deb biling, deb ularga sayoxat chiptalarini beradi. Ranvir va Ishani bundan xursand bo'lgandek ko'rsatishadi o'zlarini, ular xam bilishardi Falguni hafa bo'lmasligini hohlashardi. Ranver boramiz Ishani ha albatta shahar aylanib kelamiz deb aytishadi.
Falguni chiqib ketgandan so'ng Ishani Ravnirga yaqinlashib, uni bag'riga bosa ketadi, sayoxatga ikkaligi birga chiqib ketishyotgandan juda ham hursandligini sayoxatda birga yolg'iz faqat ikkaligi bo'lishidan mamnun ekanligini aytadi. Buni ko'rgan RV hayratlanib ketadi. Ishani: Nima bag'rimga bosishim mumkin emasmi? ahr biz er-xotinmizku!
Ishanining bunday harakatidan RV shokda! Bu tushmi yoki o'ngim deb hayratlangan RV ning quvonchi uzoqqa bormaydi. Birdan yana Ishani o'zgaradi. RV bunday qilganingni sababi nima deb so'rasa, Ishani: Falguni onam bizni kuzatib turgandilar, ular uchun shunday qildim, deb aytadi.
Falguni Nitenni oldiga kelib, sizni gaplariz yolg'on bo'lib chiqdi, Ishani va Ranvir birga baxtiyor, hayotligidan mamnun, deb aytadi. Niten esa: ular seni oldingda atayin o'zlarini shunday ko'rsatganlar, sen ularni istagan joyinga sayoxatga yuborishing mumkin, ammo ular baxtli emas, undan ko'ra agar menga ishonmasang buni o'zing borib ko'rishing mumkin, hohlasang biz ham RV hamda Ishani ortlaridan boramiz, deb aytadi. Ular ham RV hamda Ishani ortidan yo'lga tushishadi.
Ranvir hamda Ishani ketishgach, Disha ularning otridan, meni baxtsiz qilib, o'zingiz baxtli bo'lishingizga yo'l qo'ymayman, sizlar ham baxtli bo'lishga haqli emassiz, deb aytadi va g'arazli maqsadlarini amalga oshirish uchun Chirak bilan ko'rishadi, Chirakga men ham RV ni yomon ko'raman, undan qasos olishda birlashaylik deb aytadi. Chirak albatta bunga rozi bo'ladi. Shundan so'ng Disha Chirakga Ranvir hamda Ishani qayerga dam olishga ketishganini aytadi, Chirak esa: RV bu dam olishni hech qachon unutmaydi deb aytadi.
Ular sayoxat qilish uchun kelgan shaxarga yetib kelishdi, ayraportdan mashina olib, RV hamda Ishani mehmonxonga yo'l olishadi. Ularning ortidan faqat boshqa yo'ldan Niten hamda Falguni ham kelishar edi.
Ravnir hamda Ishani, ya'na bolalarcha tortishadi, Ishani RV dan kiridit kartasini so'raydi, U orqali mexmonxonadan yana bir xona buyurtirmoqchi ekanligini aytadi. RV nega deb so'rasa, Ishani: Chunki ikkimizdan birimiz polda yotishimizni hohlamayman. Agar siz uchun boshqa xona buyurtirsak men ham bemalol kravatda yotishim mumkin, deb aytadi. Birga kulishib, hazil qilib, talashib ketayotgan bir vaqtda, ta'biykiy Ranvir yo'lga qarashni unutadi va ro'parasidan kelayotgan Yuk mashinasini ko'rmay qoladi.
To'qnashuvga oz qoladi, RV hamda Ishanining mashinasi daraxatga borib uriladi. Ishani ko'zini ochsa, yonida Ranvir behush yonardi. Ishani uni uyg'otishga, hushiga keltirishga urinadi. Ammo RV o'ziga kelmaydi.
(voqealar rivojini faqat asosiy lavhalari hamda eng qiziq daqiqalari bayon etildi...)
(To'risini aytsam davomiga o'zim ham juda qiziqyapman, ammo qolganini haqida keyingi sonlarda so'zlashamiz...)
VIDEO TURINI KO'RISH
UMIDJON tayyorladi
Eslatma: ushbu chop etilgan maqola, aynan tarona.net sayti mualliflik huquqi asosida chop etilgan, uni sayt rahbariyati roziligisiz, boshqa manbalarda chop etish, tarqatish qat'iyan man etiladi, bu maqola boshqa saytlarga yuklansa saytimiz manba sifatida ko'rsatilishi shart...
|