Senga Oshiqman seriali 62-qism (Voqealar Rivoji 07.07.2015)
Assalomu alaykum hurmatli serial muxlislari! Hamangizdan uzr so'rayman bugun maqola yozolmadim. Bunga mani betobligim sabab bo'ldi. Aytishiz mumkin admin ham kasal bo'ladimi deb. Ammo biz ham siz kabi oddiy insonlarmiz. Maqolani bir qismini yozib qoygan edim. Qolgan qismini zamonaviy nashri ma'lumotlari asosida tayyorladim. Maqola kechikkani uchun va boshqa manbadan foydalanganimiz uchun yana bir bor Uzr so'raymiz... Sen osmonlarga ko'tarayotgan odaming aslida QOTIL... U bir insonni o'ldirgan. O'ldirgan insoni esa sen uchun juda aziz. U seni otang. U otangni qotili. Bilaman sen menga ishonmaysan, shu sabab men senga buni isbotlovchi dalil ko'rsataman. U shunday dalilki Ranvir otangni o'ldirganini tasdiqlaydi. Ishani, bu gaplarni eshitgan,: Sen nimalar deyapsan. hamma gaplaring yolg'on. Sen doim yolg'on gapirib kelgansan. Seni eshitishni ham hohlamayman, Yoqol, Ko'zimga ko'rinma, ket buyerdan deb turitib honasidan Chirakni chiqaradi. (shu payt Niten Ishanining ovozini eshitib kelib qoladi va nima gap deb so'raydi. Keyin Chirakga baqira ketadi,: Bu yerda nima qilyapsan, Bu yerga ruxsatsiz kirishga qanday jurat etding, Nega kelding bu yerga? oilada bazim bo'lyapti, men kelganimni hech kim bilmaydi deb o'yladingmi? Lekin sen qo'lga tushding. (Niten shu payt Ishaniga honasiga kirishini, bu muammoni o'zi hal qilishini aytadi, Ishani honasiga kirib ketadi). Men palitsiya chaqiraman, seni ularga topshiraman. Chirak: janob meni palitsiyaga topshirmang, meni kechiring, Men o'g'ri emasman. Niten: O'g'ri emassan? Unda nega bu yerga ruxsatsiz kirding. Chirak: Men bu yerga mukofot olish uchun kelgandim. Niten: Mukofot? Men seni mukofotlayman. Qani yur, Yur men bilman (deb Chirakni sudraydi) Chirak esa turli hil yolgon aldovlar, huddiki kichkina farzandlarini o'stirishi kerakligini aytib Nitendan shavqat so'raydi. Niten esa yoshlik chog'ida qizi Ishaniga g'amhorlik korsata olmagan ota edi. Bu uning nozik tomoni bo'lgach u Chirakni politsiya topshirmay qo'yib yuboradi. *** Ishani xonaga kirib, RV yotgan kravatga borib o'tiradi va tinmay yeg'laydi. Dard bilan yeg'laydi, o'tmishda otasi etgan gaplarni eslaydi, "Men Ranvirni ko'proq yaxshi ko'rishim va ishonishim sababi men uni o'z og'limdek ko'raman". O'tmishni yod olgan Ishani shunday deydi: Qanday jurat etdi, Sizni ayblashga qanday jurat etdi? Qanday qilib Meni shu gaplarga ishonadi deb o'yladi. Ranvir men bilaman, mening otam siz uchun juda qadirli edilar. Siz ularni o'z otangizdan ham ko'roq yaxshi ko'rar edingiz va Otam ham sizni meni yaxshi ko'rgandan ko'ra ko'proq yaxshi ko'rgan bo'lsalar kerak. Sizni tanimagan inson, hech qachon otamni hizmatchisi ekanligingizni bilolmasdi. Otam sizni o'z o'g'laridek ko'rardilar. Avvallari jaxlim chiqardi, otam sizni ko'proq yaxshi ko'rgani uchun. Men sizni doim hurmat qilaman. Chirakni esa ko'rgani ko'zim yo'q. U meni sizga qarshi qilib qo'ymoqchi. Men hech qachon sizni otamga bo'lgan sadoqatingizga shubxalanmayman. *** Shu bilan tong otadi. RV o'ziga kelib ko'zi ochsa, tepasida Ishani sharbat ko'tarib turar edi. Turib boshini ushlaydi. Ishani boshingiz og'riyaptimi? deb so'raydi. Ranvir: ha Ishani: Siz nima deb o'ylagandingiz? kechagi bazimda mast bo'lganingizdan so'ng bugun axvoliz yaxshi bo'larmidi? Mana sharbatdan iching, bosh og'rig'ini qoldiradi. RV hayron qoladi va men mast bo'lib qoldimi deb so'raydi. Ishani: Ha siz juda qattiq mast edingiz, shu qadar ediki hatto nima ichganingiz ham yodingizda yo'q, mana buni iching.! RV uni ichadi va IShanidan men qachon uxladim deb so'raydi. Ishani esa siz uxlamadiz, siz kravatga yeqildiz, va sizni janob Txaker bilan uchrashuvingiz bor ekanligi yodizda yo'q, Esizdami? siz menga u oilaviy inson va men ham siz bilan birga borishim kerakligini aytgandingiz, deydi. Ishani uni tezda yuvinib, kiyinishini aytadi. Shu payt telefon jiringlab qoladi. Ishani telefonni oladi. Samira bilan suxbatlashadi. Ranvir xonadan chiqadi: - Ketdik, men tayyorman. Meni eshityapsanmi.... Sanni. O yo'q! U sarisini chap tomonga o'rab chiqib ketdi!
Ranvir ishxonaga boradi va Samiradan Ishani bu yerga kelmadimi deb so'raydi. Samira hali kelmaganini aytadi. Shu payt Ishani kelib qoladi. Ranvir yugurib borib Ishanini to'sib oladi. Ishani Ranvirdan nega bunday qilayotganini so'raydi. Ranvir yo'lma yo'l uni hamma ishchidan yashirib o'tadi. Samira Ishani bilan salomlashmoqchiligini aytadi. Ranvir esa uning o'rniga salomlashib hujjatlarni Samiradan oladi va Ishaniga beradi. Samira hayron bo'lib Ishaniga qaraydi. Ishani sarisini chap tomonga o'rab olganini ko'radi va Ranvirning harakatlarini tushinib yetadi. Ularni xonaga kirishini aytadi. Ranvir va Ishani xonaga kirishadi. Ishani Ranvirdan nega bunday qiloyotganini so'raydi. Ranvir esa unga sarisini teskari kiyib olganini aytadi. Ishani jaxli chiqib Ranvirni so'kadi va sarisini to'g'rilayman deb turgan payti xonaga chet eldan mehmonlar kirib kelishadi Ishani: - O yo'q! Ular shu yerda! U yugurib Ranvirning orqasiga berkinib oladi. Ranvir mehmonlar bilan so'rashmoqchi bo'ladi. Ishani uning orqasidan qattiq tortib oladi. Ular salomlashadi. Biznes haqida biroz suxbatlashadi. So'ng Ranvir: - Tanishinglar bu mening xotinim Ishani. Ishani sekin Ranvirning orqasidan chiqadi va mehmonlar bilan salomlashib yana Ranvirning orqasiga berkinadi. Ranvir mehmonlarga u uyalayapti deydi. Mehmonlar hind odobi haqida bilishini aytishadi. Xonada chiroq o'chiriladi. va Ranvir devordagi biznes rejalar tasviri bilan hamkorlarini tanishtirib chiqadi. Ranvir hamkorlar bilan suxbatlashib bo'lgach Ishanini tushlik tayyorlab turishini aytib uni xonadan chiqairb yuboradi. Ishani uyga borib Lakshmi va Mitishning suxbatini eshitib qoladi. Ular sexrli sharbat to'g'risida suxbtlashayotgan edi. Lakshmi sharbatni Dishaga berganini, uni Ranvir ichganini va raqsga tushganini aytadi. Ishani bu gaplarni eshitib yana xato qilganini Ranvirni bexuda ayblaganini, aslida bunday bo'lishiga u sababchi emasligini biladi va Ranvirga telefon qiladi. Ishani Ranvirdan uzr so'ray olmaydi. Nitin hujjatlarni Ishaniga olib keladi, uni qayerga qo'yishini aytadi. Ishani uni Ranvirning xonasiga qo'yishini aytadi. Nitin biroz yuradi va ortiga qaytib keladi. Ishani Ranvirdan uzr so'ray olmayotganini aytadi. Nitin unga uzr so'rashini aytib, u bilan oshxonaga kirib ovqat pishirishadi. Nitin Ishaniga yordam berishini aytadi. Ishani umuman pishiriq pishirishni bilmasligini aytadi. Nitin unga o'rgatishini aytadi. Ular suxbatlashib pishiriq pishirayotgan payt Ranvir kelib qoladi. "Ranvir iltimos meni kechiring" Ishanining ushbu gapini eshitib qoladi. "Ishani mendan uzr so'ramoqchi". Ranvir shunday deb ularning oldiga keladi. Nittin xijolat bo'ladi. Ranvir esa ularga bemalol davom etishini aytadi va Txakker janob va xonimlar kelganini aytadi. Mehmonlar ovqatning shirinlidan mamnun bo'lishadi. Ishani mehmonlar tomonda turgan idishdagi qaynoq ovqatni olib kelib Ranvirning idishiga solayotgan payt Ranvir yo'q kerakmas men hohlamayman deb qo'li bilan ovqatini to'sib oladi. Ishani esa ovqatni uning qo'liga to'kib yuboradi. Ishani jon holatda stakandagi suvni olib Ranvirning qo'lini unga soladi. Ishani buni bexosdan bo'lganini aytib undan uzr so'raydi. Mehmonlar Ranvirga chap qo'lda ovqatlanishini aytishadi. Ranvir bunga ko'nikolmasligini aytadi. Shu payt Ishani unga o'zi ovqat yedirib qo'yishini aytadi. U Ranvirni ovqatlantiradi.
Mehmonlar va Ranvir oilasi mehmonxonada suxbatlashib shirinlik tanavvul qilishmoqchi bo'ladi. Ishani oshxonaga boradi, shirinlik ustiga sepiladigan kukunni qidiradi. "U qoramtir yashil rangda edi" deb bitta idishdagi kukunni oladi va shirinlikka sepadi. Aslida esa u boshqa kukunni sepgan edi. Ishani shirinlikni olib chiqadi. Birinchi bo'lib Ranvir yeydi va bemazaligini Ishaniga bildirmasdan shirin ekan deydi. Ishani mehmonlarga shirinlikni bermoqchi bo'lganda Ranvir: - Yo'q! Hammasini o'zim yeyman! Bu mening eng sevimli shirinligim. Sizlar boshqa shirinlik yeyaveringlar. Agar qarshi bo'lmasangiz. Mehmonlar qarshimasligini aytishadi. Ishani zalda o'ylanib tursa Ranvir keladi. Nitinga ertaga ishxonaga borishini aytib qo'yishini yo'lida davom etadi. Ishani uni to'xtatadi. Ranvir: - Boshidan shundaysan? a... ee... men.. menga nima demoqchisan qani ayt. Aytguningcha kutib turaman. Ishani: - Xo'sh, siz meni gapirishimni xoxlaysizmi? Men sizga shuni aytmoqchiydimki... Ishani oxiri uzr so'raydi. (Sorry) Ranvir: - UZR! Ishani: Sari! U gapni boshqa yoqqa burib ketadi. Ular yana tortishadi. Ishani qandaydir ovoz kelayotganini aytadi. Ranvir bu men emas deydi. Ranvir; - Men tushunmay qoldim. Uzr so'radingmi yoki sari haqidami? Ishani sari haqida so'raganini aytadi va ketadi. Ranvirning qorni g'urullaydi. Davresh va Pratik suxbatlashib tursa Ruchiki kelib qoladi. Davresh unga RV yordam berishini, u musiqani yaxshi ko'rishini bazmda aytganini aytadi. Nitin va Ishani suxbatlashib oshxonaga borishadi. Ishani pishiriqqa nima qo'shilishi kerakligini bilmasligini aytadi va shirinlikka qaysi kukundan sepganini aytadi. Nitin u sepgan kukun idishni ko'rib, bu kardamon emas deydi. Ishani qovun tushurganini biladi. Nitin Ishaniga: - Men Ranvirning ishchisiman, sen esa mening qizimsan. Qanday yordam bo'lsa mendan tortinmay so'ra. Men senga yordam beraman. Nitin ko'zlaridan yosh oqayotganini ko'rib Ishani nimagaligini so'raydi. U unga o'xshagan qizi bo'lganini aytadi. Xatosi tufayli uni yo'qotganini aytadi. Ishani ham unga otasi haqida gapirib beradi. Uni doim yaxshi ko'rishini aytadi. Taqdir sizni qizingizdan ayrigan bo'lsa, meni otamdan! Falguni ularning suxbatlashib turganini ko'radi. Nitin: - Qanday gaping bo'lsa menga gapirishing mumkin, mening otangday ko'rishing mumkin. Falguni: - Ishani sen bu yerda nima qilayapsan? Xozir Ranvirning oldida bo'lishing kerak. Tezroq bor! Falguni va Nitin yana janjallashadi. Falguni unga Ishanining otasini o'rnini bosolmasligini, Ishanining otasi Xarshad Parik ekanligini aytadi. Ishani Ranvirga endi gapirmoqchi bo'lib tursa Falguni kelib qoladi. Falguni ularga to'yi munosabati bilan tog'ga dam olgani chipta beradi. Ranvir Falguniga rahmat aytadi. Falguni xonadan chiqib ketishiga Ranvir gapirmoqchi bo'ladi. Ishani uni og'zini barmog'i bilan yopadi. Uni sekin surib boradi. Ranvir esa hayratga tushadi: - Bu... sen.. nima.. nima qilyapsan? Ishani: - Men senga yaqinlasha olmaymanmi? Axir biz turmush qurganmizu, xo'sh? Ranvir: - Ha, lekin sen... Ishani: - Biz shaxar aylanamiz. Ikkalamiz. Bizga oyim sovg'a berdilar. Men juda, juda baxtliman!
Salom janob admin serial malumotlari uchun raxmat betob bolsangiz ham bizni oylab shunchalik yozibsiz baraka toping ilyom tuzalib dard kormaganday bolib keting sizga ishlarizda omad tilayman