Chirak va Ishani RV ning rejalarini barbod qilishdi. U juda tushkun holatda. Barchamizni jaxlim chiqmoqda, Ranvirga achinib ketmoqdamiz. Ammo bugungi voqealar rivoji barchamizni quvontiradi. Bugungi qism zo'r bolarkan.
Tezro ko'rgilarim kelib ketvotdi.
Shu vaqt honaga Ishani kirib keladi... (avvalgi sonni o'qish)
Ranvir Ishaniga Yopisha ketadi, u Ishaniga: bu ishlarni sen qilding-a? nega bunday qilding? ahr senga ishongan edim, endi nega ishga qaytib kelganing ma'lum bo'ldi. Sen meni rejalarim haqida CHirakka ma'lumot yetkazib berishni rejalashtirgansiz. Nega? Nega bunday qilding? Ahr sen bolalikdagi do'stim edingku. Chirakdan buni kutsam bo'lardi? lekin sen? sen bunday qilasan deb hech o'ylamagandim, deb aytadi. Ishani o'zi oqlashga harakat qiladi. Ammo RV uni eshitishni ham istamaydi.
RV uyiga jaxl bilan keladi, u yerda onasi yaxshi kelin qidirish bilan band, edi, Ravnir: yo'q onajon, menga yaxshisi kerak emas, menga shaxardagi eng zo'ri kerak, shundayini toping, 10 kun ichida to'y qilamiz. deydi. Ranvirning onasi: ko'rdingmi? U seni nima kuyga soldi. Sen esa unga ishonib yuribsan. O'ylama, siqilma? Sani shunaqangi boy va go'zal qizga uylantiriyki, butun shaxar og'zi ochilib qolsin, deydi.
Bu vaqt davomida olmoslar qiroli bo'lgan, RV u bilan shartnoma tuzolmagan janob Zaveriya o'z qizi bilan suxbatlashardi. Qiziga kelayotgan tug'ilgan kuning uchun senga ajoyib sovg'am bor, sen uchun ajoyib, ko'ngli toza, halol va mexrimon turmush o'rtoq topdim. Ishonchim komil u seni boshida ko'tarib yuradi. U uyimizga keldibdi, pastda kutmoqda, sovg'ang bilan ko'rishishni hohlaysanmi? borib ko'rish deb aytadi.
Shu vaqt janob Zaveriya uyiga Ranvir kirib keladi va olmoslar qiroli bilan uchrashish uchun kelganini aytib ularni poylab o'tiradi. Yuqori qavatdan pastka qarab kelayotgan Zaveriyaning qizi RV ni kuzatib tushardi.
Qiz pastga tushib, demak sen ekansanda meni sovg'am? deb so'raydi. Menga sen kabi yigitlar yoqmaydi. Bu nima qiliq? Chiroyli kim? Ja boshqachaku. deb har hil gaplar bilan RV ni kamsitadi.
Shunda Ranvir: bo'ldimi? gapirib bo'ldingmi? birnchidan men buyurga sen bilan emas? Janob Zaveriya bilan uchrashgani keldim. Ikkinchidan men seni padarkang emasman deydi. Shunda Janob Zaveriya: ha u u emas seni padarkang, sen uchun sovg'a qilib, sevimli mashinangni oldim deb kalitini beradi va qizini RV bilan tanishtiradi. Ranivrning o'zgacha fikrlashi, va ajoyib so'zlari Zaveriya qizni ham hayron qoldiradi. Uning bunday real fikrlashidan lol qoladi. Qiz ko'chaga, mashinasini ko'rgani chiqib ketadi. Zaveriya Ranvirga: demak sen shatnomani qo'lga kiritolmabsan-da deb so'raydi, Shunda RV: janob menimcha siz meni bu yerga buni so'rash uchun chaqrimagansiz shundaymi? Zaveriya: ha to'g'ri, Hamma Chirakni loyihasi senining loyihangdan yaxshiroq bo'lgani uchun, hamkor bo'ldi deb o'ylamoqda. Lekin menga seni loyihang ko'proq yoqqandi. Agar sen bu loyihani olganingda, hozir men seni bilan endi tuzmoqchi bo'lgan loyihamni ololmasding. Sen hursand bo'lishingni bilardim, agar Chirak eng oddiy kantrakni olganini bilsang, sen bilan esa men, eng katta shartnomani tuzmoqchiman. Seni takliflaring eng original ekanini bilardim, shu sabab bugun ertalab seni uyingdan biznes loyihangni olib keltirgandim. Yordamching Rishi menga ularni olib kelib berdi. Ho'sh eng katta shartnomani tuzamizmi? Hamkor bo'lamizmi deb so'raydi.
Ranvirni ko'ziga hech narsa ko'rinmasdi, u faqat Ishanini noxaq ayblagani haqida o'ylardi, RV janob Zaveriyga men bu shartnomani ololmayman, hozir muxim joyga borishim kerak, Bir insonni bilmay dilini og'ritib qo'yibman deb aytadi. Shunda janob Zaveriya uni tog'ri chunadi va uzr so'rab kelishini aytadi.
Ranvir o'sha zahodi Ishanining uyiga borib, uni pastga tushishi aytadi, Ishani pastga tushadi, Ranvir undan noxaq ayblagani uchun bir necha bor uzrlar so'raydi. Undan nima qilsam meni kechirasan Ishani? oldinda gunohkorman deb aytadi. Shunda Ishani uni gaplarini ham eshitmasdan, uyiga kirib ketmoqchi boladi. Ammo Ranvir uni to'xtab, o'zingcha nimalar deyapsan? men seni xizmatkoring bo'lgan vaqtlarim sen juda ko'p hatolar qilding, ammo men senga kechirim so'ra deb aytdimmi? Men bir kun sen hammasini chunarsan, balkim uzr so'rarsan deb jim yurardim. Bugunchi? men birgina xato qildim va sendan o'tinib kechirim so'rasam sen orqanga o'girilib ketyapsan. bu nimasi? Ayt sen nimani hohlaysan? men shuni muxayyo qilaman. Tila tilagingni deb aytadi. Ishani: Sendan iltimos Chirakni tinch qo'y deb so'raydi. Ranvir: Chirakni? Nima uchun? Men Chirakni tinch qo'yay? Men uni ishlariga umuman aralashmayman. U menga raqib ham emas, Raqib bo'lishi uchun meni darajamda bo'lishi kerak. Chirak meni tengim emas, SHuning uchun o'zing uchun biror narsa so'ra deb aytadi.
Ishani: Unda uylan, Agar sen uylanib baxtli bo'lsang men ham hursand bo'laman. Agar sen uylansang men va Chirak ham tinchiymiz. Sendan uylanishningni so'rayman deb aytadi.
Ranvir: San mandan birinchi marta iltimos qilding, men buni qabul qilaman, Men uylanaman deb aytadi.
***
Ranvirni onasi Anba bilan uchrashish uchun ularni uyiga janob Zaveriya keladi, ular Farzandlari to'yi haqida gaplashishadi. Ular quda bo'lishga kelishishadi va yoshlarni uchrashib gaplashishsin deydi.
Ranvir va Ritika (Zveriya qizi) uchrashuvga chiqishadi. Uchrashuvga borishdan avval Ranvir Ishanini ham o'sha yerga chaqiradi. Uchrashuvni Ishani o'z ko'zlari bilan ko'rishni hohlaydi. Ranvir va Ritika bir-birlari bilan judayam tez chiqishib ketishadi, ular bir-birlariga yoqib qolishadi, Ranvir Ishaniga mana tanish, bu meni bo'lajak turmush o'rto'gim, biz tez kunda turmush quramiz, deb aytadi.
Davomini endi keyingi sonlaridma aytaman, to'g'risi o'zim ham davomiga qizib ketyapman...
UMIDJON tayyorladi
Eslatma: ushbu chop etilgan maqola, aynan tarona.net sayti mualliflik huquqi asosida chop etilgan, uni sayt rahbariyati roziligisiz, boshqa manbalarda chop etish, tarqatish qat'iyan man etiladi, va belgilangan qonunlar asosida javobgarlikka tortiladilar...
|