Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » SENGA OSHIQMAN

Senga Oshiqman: Qayg'urishmi yoki ko'rolmaslik?

Ma'lumki, "Senga oshiqman" seriali katta bahs-munozaralarga sabab bo'lmoqda. Serialga qarata ko'plab tanqidiy fikrlar bildirilyapti. Shu o'rinda biz tomoshabinlarda birgina savol tug'ilmoqda "nega"? Nega aynan biz sevib tomosha qilayotgan, yakunini orziqib kutayotgan serialimiz bunchalik tanqid ostiga olinyapti? Buni xalq uchun qayg'uryotgan "xalqparvar"lar aytyaptimi yoki serial muvaffaqiyatini ko'rolmaydigan ko'rolmaslarmi? Birinchi bor tanqidiy maqolani o'qiganimda unda serialdagi bo'rttirishlar, o'zbek qizlarining Ishaniga taqlid qilishlari va hokazo bema'ni vaj bahonalar keltirilganini ko'rdim. O'sha "aqlli" tanqidchilar aytsinchi badiiy to'qimalar,bo'rttirishlar qaysi filmda yo'q? Bu serial boshdan oyoq milliy ruhda ishlangan. Hammaga ma'lumki, hind madaniyati va o'zbek madaniyati bir-biriga nihoyatda yaqin. 2 mamlakatni uzoq o'tmish bog'lab turadi. Menimcha bunaqa qarshi fikrlar hind xalqiga nisbatan o'taketgan hurmatsizlik. Bu tanqidlarga hech bir asos ko'rmadik. Ishaniga taqlid qilayotgan qizlarga kelsak, buni nimasi yomon?! Bizni mamlakatimiz hindlar bilan do'stona munosabatda. Bu degani hamma ularga ergashib ketdi degani emas- ku axir! Qizlar uchun chiroyli ko'ringan aktrisalar bir muddat go'zallik timsoliga, idealiga aylanadi. Albatta, keyingi ideallari paydo bo'lguncha. Bunga sabab esa tabiiyki ayollarning go'zallikka intilishlari. Buni hech bir yomon tomonini ko'rmadik. Axir o'zimizni butun dunyoni lol qilgan milliy matolarimiz, madaniyatimiz, liboslarimiz bor, xavotirga na hojat? Bizni matolarimizni boshqa xalq vakillari havas bilan kiyganda biz behad shod bo'lmaymizmi? Buyuk milliy madaniyatimizdan quvonmaymizmi? Faxrlanmaymizmi? Nega endi ular buni his etishmasin?! Bizni milliy madaniyatimiz necha asrlardan beri qanchadan qancha chig'iriqlardan o'tdi. Ammo o'lmadi. Ajdodlarimiz bizga o'lmas milliy madaniy meros qoldirib ketishgan. Mustaqil yurtimizning aqlli, uddaburon, vatanparvar yoshlari ushbu merosimizni asrab avaylashlariga hech bir shubha yo'q. Shunday ekan bo'lmag'ur tanqidiy fikrlar bilan xalqni sevimli serialini tomosha qilishlaridan mahrum qilish to'g'ri bo'larmikan azizlar? 
Samarqanddagi baxtsizlik barchani chuqur qayg'uga soldi.( albatta bu ko'rolmaslar to'qib chiqargan mish-mish bo'lmasa) Ammo bu aybni to'g'ridan to'g'ri serialga yuklash nohaqlik emasmikan? Axir bunday baxtsiz hodisa har qanday serial yoki film bilan sodir bo'lishi mumkin edi. Ammo bunga asosiy sabab avvalo farzandlarga nisbatan o'ta beparvolik va loqaydlik oqibati. Fikrlarim so'nggida "Yoshlar" telekanalidan iltimos qilardimki, agarda barchani mehrini qozongach, seriallarni to'xtatib qo'yadigan bo'lishsa umuman serial qo'yishmasin. Oddiy xalq barcha ishlarini tugatib endi maroq bilan mehr qo'yib madaniy hordiq uchun ko'rayotgan seriallari qiziq nuqtasida yakun topayotgani barchani xafsalasini pir qilyapti. Oddiy xalq talab va istaklari sizlar uchun ozgina ahamiyat kasb etsa so'zlarimizni inobatga oling va talabimiz- sevgan seriallarimizni yakunigacha namoyish eting!

 
Muallif: H&B


Категория: SENGA OSHIQMAN
Просмотров: 21578 | Комментарии: 57 | Рейтинг: 2| Рейтинг: Senga Oshiqman, Senga Oshiqman haqida
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 571 2 3 »
Eldorbek777 Hammaga ham yoqiwi wartmasku yoqmasa k6rmasin.
Like | 0
Armonam mani izohim qani >(
Like | 0
Armonam BIZ "SENGA OSHIQMAN"ni intizorlik bn kutib qolamiz ey tanqidchilar kino yoqmasa kozingizni yumib yuringlar wunda kino ham iwanizmga chalinganlar ham kozingizga korinmidi
Like | 0
Armonam shohruh sarida tasavvur qib koring devossimi jensi wimlada korvommizayu qizlani nima iwanidan. avval yomon qizlar yoqmidi iwani buzvottimi qizlani odnoda yurganlarchi har kimni oziga boglik onggi bormi owa qoliga tatirofka chizayotganlarni kimdir tomga chiqib ozini tawlasa ular ham tawlidimi ota onasi yoqmi wunaqa qizlani yol qoyib beraveradimi odam olsa bularga farqi yoq kino bolsa boldi deysiz har bir joni uzilayotgan inson uchun iwani aybdormi togri bu oddiy kino shunchaki insonlarni kongli kotariladi tomowa qib lekin owa siz aytayotgan qizlar avvaldan mavjud siz buning uchun bir kinoni aybdor qilmang
Like | 0
Armonam >( ey tanqidchilar
Like | 0
Loveц Hindlarga nisbatan xurmatsizlik: Siz Hindistonga borib man O'zbekistondan keldim desangiz bilasiz xurmatsizlikni ! Bu qanaqasi O'zbek qizlari taqlid qilishi bu oddiy xolmi ? Kechirasizu siz O'zbekmisiz yoki Hind bilolmay qoldim, siz kimni ideal qilib olyapsiz o'ylap mundooo kallani ishlatib ko'rinchi? Tashqi ko'rinish 100% makiyak grim, tana a'zolarini teshib temir terselani ilib olib qo'liga tatto ( tattiurofka) chizib ustiga yarm yalong'och sarimi nima balolani kiyib yurgan O'zbek qizini tasavvur qila olasizmi? Unaqa qizlarni kim oladi? Yana kimga Ishani ersiragan Lo'liga! O'zingiz bir tasavvur qilib ko'ring ! Naqadar ayanchli axvolga keldi O'zbek mintaliteti?
Like | 0
Loveц Assalomu alaykum O'zbek xalqi va Ishanizm bemorlari ( qo'pol izoh uchun oldindan uzr so'rayman). Man shu saytdegi aynan shu maqloni o'qib chiqib o'lay agar uzoq kuldim! Xurmatli maqola egasi ( uzr ismingiz va kimligingizmi bilmadim) siz keltirib o'tgan fikrlar bo'yicha savolim bor: O'zbek va Hind madaniyati bir biriga yaqinmi? Qayerda ko'rgansiz O'zbeklar sigirga sig'inib yurganinI manimcha bu bemanilikni eng yuqori darajasi emasmi? Ularning milliy kiyimi aslida qanday paydo bo'lgani xaqida ma'lumotga egamisiz? Hind erkaklarining peshonasiga "DAYUS" tamg'asi bosilgani xaqidachi? Shaxsan siz Hindistonda bo'lganmisiz? Hindlarda ummuman madaniyatni o'zi yo'q! O'zbek madaniyati diganda siz nimani tushunasiz? To'yingiz kuni ( ya'ni sizni visol kuningiz) bo'lajak kelinni yigiti kelib hammani oldida bo'lajak kelin undan xomilador ekanligini aytsa siz qanday axvolga tushasiz? G'urur va vijdon yo'l qo'yadimi uni umr yo'ldosh, bir umrlik vafodor inson sifatida ko'rishga....
Like | 0
Loveц Vuuuy Ishanizm kasalligi avj olibdiyuu!
Like | 0
Izzatill9942121 Odamlaga hayronsanda Nima qilasila filmga etiroz bildirib, birinchidan serialni yoqtirmaydiganla etiroz bildirishi mumkin, yoqmi qogan bo'sa nima qiladila ko'rib, ko'rmasin nima ulani birov majbur qilyaptimi yoqmasa ko'rishmasin. Sanoqli odamlani etirozlari sabab millionlab muxlislani Sevimli serialdan mahrum qilish bu adolatdan emas, hattoki ummuman serialga qiziqmaydigan Rossiyadagi yurtdoshlarimiz ham INTERNET orqali berilib tomasha qilishayotgandi. Serialni to'xtatib qo'yishi yoshlar telekanali o'z ishonchini yo'qatishi mumkin. Agar boshqabir hind serilialini beradigan bo'sa uni 100 foiz hechkim ko'rmaydi.
Like | 0
shoxbek Milliy teleradiokanalamiz an'anas bu seriallarni uzib qo'yish odat tusiga kirgan. :'(
Like | 0
dililicha Admin nega mani izohim chiqmadi
Like | 0
9508031 Paula Paulina.Kelin degan kinoniyam ohirigacha quyishmagandi yoshlar telekanali uzi kup seriallarni ohirigacha quyishmidi
Like | 0
bonu95 Izohdagi ba'zi gaplaga javoban aytardimki, o'zimizdayam hozr kelnlani boy xonadondan bo'lish kereligi uladan juda ko'p narsalar talab qilinyotgani hozrda juda dolzarb masalaga aylangan. Buni filmlarimizdanam bilsa bo'ladiku faqat shu masala yoritilyapti. Baribir senga oshiqman seriali qiziqarli ishlangan. Juda ko'pcilikni fikri bu!
Ozimizi seriallaram ajoyib albatta! Hech qacon hec kim o'zimizdan ustun bo'lomiydi. Ammo lekn bu serial bizni juda qiziqtirib qo'ydi. Uni oxirini o'zimizni tilda sevimli kanalimizda ko'ramiz deb umid qlaman!
Like | 0
shaxboz2882 Ey begim degani
Ey inson shunca zit ekan yomon sahnalari bor ekan sen bilar ekansan hammasini nega bizlaga akyl orgatyapsan korma togry kemasa kecirasanu yamon diyayotgan seriyallinnici millyonlap ashaddi muhlislari bor lekin senindek koromidiganlar hozirca 5 -6 ta
nimayam klaolardila biz albatda kutamiz wa bu seriyal bizaga kaytadi
Admin sizdan iltimos shunaka yozadigan seriyalny koromidiganlarni izohini koldirmasangiz oldindan rahmatw
Like | 0
dililicha Boy qizga puli uchun uylanish uzimizani yurtda ham modaga kirgan. Bu narsa uchun serialni aybdor qilish kerakmas. Man bu kinodan kup narsa urgandim. Yorga sadoqatlilik,er xotin bir biriga bulgan mehr muhabbatu jonkuyarlik. Har kimning qanday qabul qilishida deb uyliman.
Like | 0
diva Yaxshi serialni muxlislari ko'p bo'lganidek, Xasadgo'ylari ko'p bo'ladi degan gap o'z tasdig'ini to'pmoqda, Bunga senga oshiqman seriali misolida ko'rsak bo'ladi, Bu serialdan o'rnak olsak arziydi, chunki sevgan insoni uchun hamma narsaga tayyor oshiqlar, kambag'alarni boylardan ajratmaslik, hammaga birdek muomilada bo'lish, va boshqa jihatlarni ko'rsatilgan. Muallìf aytganidek bizi o'zbek millatimizga yaqin. Yoshlar kanali endi yaxshi serial tarjima qilibdi, deganimda allaqanday Mehmonxona seriali paydo bo'ldi to'g'risi bu kinoga tushinmadim bu qanday serial o'zi, ko'rishni keragi yo'q hayotiy ahamyatga ega sahnalar ko'rmadim, ko'rgandan ko'rmagan yaxshi. Yoshlar kanalidan shuni so'rab qolardim, Bo'lar bo'mas kinolar bilan televideniyani vaqtini ketkazmasdan, SENGA OSHIQMAN serialiga o'xshash seriallarni tarjima qisin
Like | 0
bonu95 Eshitdinlami, yoshlar kanali senga oshiqman ni qo'yamiz, dublyaj ketyapti dibdi. Tanqidcilaga esa korgila kemasa bowqa kanalni korurila dib javob qipti ewitib rosa sevndim!
Like | 0
alcatel4304 Bulgar biror iwni oxiriga yetkaziwmaydi oz I <_<
Like | 0
omina1710 men bir gap eshitim shu gap rosmi eshitganlar bormi serialni to'xtatishga sabab dublyaj jarayoni ketyaptikan xali tugamabdimish, serialni davomini qogan qismlarini endi sotib olishibdimish axir xindistondayam xali tugamapti diyishodiyu. Shunaqa gapmish
Like | 0
1-20 21-40 41-57
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 17:24
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное