Assalomu alaykum mening qiziquvchan o'quvchilarim. Sizlar kabi men ham film davomiga judayam qiziqib ketyapman. Bu galgi voqealar rivoji ancha qizarli, va aytishim joyizki bir oz uzunroq, iltimoslar ko'ra, seral qismini har bir detaligacha yoritishga harakat qildim. Filmni ko'rib ulgurmaydiganlar uni o'qib ham ko'rgandek bo'lishlari uchun...
Ishanini turmushga chiqayotganini eshitgan, Rashkchi Ranvir Ishaniga bugun juda muxim uchrashuvga borishlari kerakligi aytadi, Shunda Ishani bugun ertaroq ishdan ketmoqchi ekanligini, chunki bugun kechqurun unashtiruv marosimi bo'lishini aytadi. RV esa o'z o'rnida senga shaxsiy ishing muximmi yoki ishmi deb, uni o'zi bilan birga uchrashuvga olib ketadi. G'azabdan yonayotgan Ranvir mashinani ham kuchli tezlikda, jaxl bilan haydaydi.
Taqdirni qarangki RV va Ishani kelishayotgan yeg'ilishga Chirak va uning otasi ham kelishgan edi. Ular ham o'z biznes rejalari bilan Olmoslar qiroli janob Zahiriya uchun takliflarini olib kelishgan edi. Bir nechta tadbirkorlar o'z rejalari bilan kelishgan edi, ularning bari olmos qiroli bilan hamkorlik qilish va tez boyib ketish asosiy maqsadlari edi.
Hamma o'z rejasini ko'rsatish bilan ovora bo'lgan vaqt, Ranvir va Ishani kirib kelishadi. RV bu yerda ham Chirakni ko'rib jaxli chiqadi. Chirak atayin Ranvirni jaxlini chiqarish uchun Ishaniga imo ishoralar bilan qollarini ko'tarib qo'yadi. RV bundan judayam g'azablanadi. Ishani va Chirak RV ning yonida bir-birlariga ko'zlarini suzishadi. (ex bechora Ranvir, senga judayam raxmim keladi, shunchalar qiynalish kerakmidi senga).
RV ni olmoslar qiroli juda iliq kutib oladi, uni o'z yoniga o'tkazib loyihalari haqida so'raydi, Ranvirni tushkun kayfiyatda ekanligni janob Zahiriya sezardi.
Yeg'ilish tugaguncha Chirak Ishaniga ko'zini suzishdan ortmaydi, bularning bari oshiq bo'lgan yigit RVning g'azabini keltirish uchun edi va u buni uddasidan chiqadi. O'zini zo'rg'a ushlab turgan Ranvirga judayam raxmim keladi.
Yeg'ilish tugaydi, janob Zahiriya hammangiz o'z rejalaringizni meni offisimga ertalab soat 9:00 ga qadr yuboringlar deb aytadi. Ranvir Ishaniga faylni berib bunda juda muxim ma'lumotlar borligini, uni extiyot qilishini ayib mashinaga chiqib ketadi. uning bu gaplarini Chirak eshitib qoladi va bu faylni olish kerak, chunki unda RV ning rejalari yozilgan deb, Ishanini avrashga tushadi. Ishani esa uni bermasligini, o'zi ishlab turgan joyga xiyonat qilmasligini aytib chiqib ketadi. Ranvir esa mashina o'tirgancha Ishanini kutardi, kutish davomida u tinimsiz ichardi, avvaldan chiklikni ko'tarolmaydigan RV o'z alamini ichkilikdan olardi. Ishani uni ko'rib, hayron qoladi, u Ranvirni ichkilikni ko'tara olmasligini bilardi.
Ranvir Ishanini ko'rib mashinaga o'tirishini aytib, shunday deydi: o'tir seni uyinga olib borib qo'yman, ahr bugun sen uchun juda muxim kun, sen soat 21:00 ga qadr uyinga yetib olishing kerak, o'tir olib boraman, sen kech qolmasliging kerak deb aytadi. (eeee rejissorlar nega Ranvirni bunchalar qiynaysizlar?)
Ishani esa aksincha qiladi, RV ni o'rniga o'zi mashinani haydab, Ranvirni uyiga olib borib yotqizadi. BU vaqt davomida Ularning nigoxlari bir-birga bir necha bora to'qnashadi. Bir-birlarni sevishlari shundoq ko'zlaridan ko'rinib turardi, lekin nega buni Ishani chunmas ekan-a?
Bu vaqtda Chirak va uning oilasi Ishanining uyida o'tirishardi. Hamma Ishanini kutardi. Ishani esa Ranvirni yonida edi. O'zini zo'rg'a tutib turgan, hattoki oyoqda turolmayotgan Ranvir Ishanini qolidan tutadi va bu hujjatlarni hech kimga... hech kimga ko'rsatmaligini qattiq iltimos qiladi. Hushi o'zida yo'q bo'lgan RV bu hujjatlar o'ta muxim, ko'pchilik bu ishni olishni hohlaydi, lekin ko'rsan bu ishni men qo'lga kiritaman, senga va'da beraman deb aytadi. Ishani jim o'tirgancha RVni yonida o'tirib uni tinglardi. Ranvir uni qo'llarini ushlagancha gapirardi.
Ularni birga o'tirishganini RV ning onasi ko'rib qoladi. Ranvirni xonasidan chiqib kelayotgan Ishanini to'xtatishadi va kim senga ruxsat berdi bu uyga kirishga? nega meni o'g'limni yotog'iga kiriding, bunga qanday jurat qilding deb so'raydi? Ishani jim turardi. Ranvirning onasi esa: endi u seni xizmatkoring, yoki do'stning emas. u seni raxbaring. Uni Ranvir deb chaqirma. Yodingdami butun oilang bilan uni uyingizdan haydaganing, esindami o'sha mashum kecha. O'shanda qayerda eding, O'g'limdan uzoqroq yur deb Ishanini haydab yuboradi. Ularni uyida Ishaning kelinoyisi ham bor edi, anu ingliz tilidan dars berib yurgan ayolchi. Ishaning bu harakatini u xam ko'rgan edi. U zudlik bilan uyga shoshadi va Ishanining onasi hamda buvisiga uni Ranvir bilan birga uni uyida ko'rganini aytadi. Ularni suxbatini Chirak va uning oilasi eshitishadi. Chirakni onasi Ishanidan jaxli chiqib fotixa bo'lmaydi, biz qizingizni kelin qimaymiz deb aytadi. Ayyor Chirak esa onasiga yo'q ona, unday demang, men unga ishonaman, turmush qursam faqat Ishaniga uylanaman deb aytadi. Shu vaqt Ishani kirib keladi, CHirak uni yoniga borib, undan hafa emasligini, u yog'ida to'y kunini ham belgilashganini, 2 haftadan so'ng to'y bolishini aytadi.
Chirak va uning oilasi uyga kelishadi va Chirakdan so'rashadi: kechagini Ishani bilan hamma aloqani uzaman degan eding, nega birdan unga uylangin kelib qoldi, axr ular hali sudda yutib chiqishmadiku, nega shoshyapsan deb.
Chirak esa hovotirlanmanglar, ular albatta yutishadi, chunki ularni yutishiga Ranvir albatta yordam beradi. Men buni aniq bilaman deb aytadi. RV Ishanini qiynalishini kambag'al bo'lib yashashini jim kuzatmaydi, u xozir boy lekin yuragi hali ham o'sha-o'sha. Biz bundan foydalanib qolishimiz kerak, U bu yerda o'z ustozi oldidagi burchini bajarish uchun kelgan, meni ishonchim komil ular albatta yutishadi, bu degani men to'ydan so'ng hamma pulga ega bo'laman. Ikkinchidan Ranvir ham meni qo'limda bo'ladi deydi.
Kecha tunda qattiq ichgan Ranvir ertalab hushiga keladi, u haliyam o'zida emasdi. Kecha nimalar bo'lgani, Ishaniga nimalar dedim deb o'ziga savol beradi. Hech narsa yodida yo'q edi. U Ishaniga ortiqcha gap gapirib qo'yganidan tashvishlanadi. Keyin sekin sekin yodiga tushadi. Ishani turmushga chiqayotganini o'ylaydi. Qanday qilib to'yni to'xtsam bo'ladi deb o'ziga savol beradi. So'ng eng muximi fayl haqida, olmoslar qiroliga beriladigan takliflarni qidiradi. Ularni qayerga qo'yganini eslolmaydi. Tezda offisga keladi. U yerda esa Ishanining to'yi 15 kundan keyin bo'lishini eshitib yanada jaxli chiqadi.
RV xonasiga o'z yordamchisi chaqiradi va janob Zaveriyga beriladigan taklifni yo'qotib qo'yganini, uni nusxasini olib kelishni aytadi. Shunda yordamchisi buni nima keragi bor janob, menimcha uni sizdan o'g'irlashgan chunki huddi biznikiga o'xshash biznes rejani Chirak taqdim qilibdi va u janob Zaveriy bilan shartnoma tuzibdi, aytingchi u qanday qilib bizni takliflarni oldindan bilgan bo'lishi mumkin deb aytadi.
Shu vaqt honaga Ishani kirib keladi...
Davomini endi keyingi sonlaridma aytaman...
UMIDJON tayyorladi
Eslatma: ushbu chop etilgan maqola, aynan tarona.net sayti mualliflik huquqi asosida chop etilgan, uni sayt rahbariyati roziligisiz, boshqa manbalarda chop etish, tarqatish qat'iyan man etiladi, va belgilangan qonunlar asosida javobgarlikka tortiladilar...
|