Sizga o'tgan haftada aytib o'tganimizdek ushbu haftada juda ham qiziqarli voqealar sodir bo'ladi...
O'tgan hafta voqealarini o'qish (manba)
USHBU HAFTA VOQEALARI...
Uyda esa to'y marosimlariga harakatlar edi. Sanjiv Zaveriy va Ritika ham shu yerda. Ritika o'zini yomon his qila boshlaydi va ayollar xonasiga boradi. Qo'rqib ketadi, unda xomiladorlik alomatlari boshlangan edi. Shunda Ritika Sharman bilan birga tunab qolgani yodiga tushadi. Ritika qo'ng'iroq qilib, taxlil natijalarini so'raydi, Unga farzand kutayotgani aytishadi. Ana bo'masam, endi Ritika homiladoooor!!!
(Savol tug'iladi, bola kimdan, bu saxna ham TV tomonidan uzib yuborilganmi? Yo'q, bu saxna chindan ham hali bo'lmadi. Bola kimdan ekanligi bir qancha seriya namoyishidan so'ng Ritika o'zi eslab gapiradi. Ammo bu holat hozircha bo'lmaydi, Bu qiziquvchan foydalanuvchilarimiz uchun maxsus yozildi...)
Ritikani otasi Sanjiv Zaveriy Ritikani axvolini so'raydi, Ritika unga homilador ekanligini aytadi va buni Sharmanga aytmoqchiman, deydi. Janob Zaveriy esa to'y o'tmaguncha unga bu xaqida aytmaslikni so'raydi. tarona.net sayti ma'lumoti Ritika ham, maylin unga bu haqida aytmayman, deydi. Afsuski bu suxbatni chetdan Sharman eshitib qolgan edi.
Sharman jaxl bilan kelib, Ritikani chetga oladi va bilan raqsga tushadi. Shu payt Sharan Ritikadan nimani yashirgani so'raydi, Ritika uni xonaga olib kirib ketadi, oila a'zolari hayron qolib, ularning ortidan borishadi. Ritika Sharmanga xomilador ekanligini aytadi, SHarmanni judayam jaxli chiqib ketadi, to'yni to'xtatadi. Ritika juda kuchli yeg'laydi. Hech kim uni chunmas edi, Sharman ham bola Ranvirniki deb o'ylaydi...
Ritika ye'g'lagancha mashinasiga o'tirib shoshib ketib qoladi...
Ranvir ortiga qaytib kelayotganda yo'lda yotgan odamni ko'rib qoladi, mashinadan tushib unga yordam bermoqchi bo'ladi. Bu ayyor Chirakning xiylasi edi, Chirak Ranvirning yuziga kukun sepib yuboradi va u bilan mushtlashadi. Uzoq vaqtlik mushtlashuvdan so'ng, Chirak Ranvirni olib, mashinaga yo'niga o'tkazadi va o'zi avtomobilni haydab ketadi.
Ularni izlab kelayotgan Ishani esa, yo'lda Ranvirning mashinasi raqamini topib oladi, sal nariroqda Ranvir taqib yurgan o'qni qonga bo'yalgan holda topadi. Juda ham qo'rqib ketadi. RANVIIIIIIIIR degancha baqirib, yugirgancha barcha yerdan RV ni izlaydi...
Yo'lda Kimni ko'rsa, Ranvir haqida so'raydi... Chirak Ranvirni mashinada qayergadur olib ketardi, ikkalaligi ham qonga bo'yalgan edi. Yuqoridan Ishani Ranvirning mashinasi o'tib ketayotganini ko'radi, u Ranvirni chaqiradi... ammo Chirak ham, Ranvir ham buni eshitmaydi...
Chirak Ranvirni mashinaga bog'lab, bir necha marta urib, o'zi yurib ketayotgan avtomobildan bir amallab sakrab tushib qoladi. Mashina ichida Ranvir o'zi qolib ketadi. Ammo Ranvir ham bir amallab mashinadan sakrab tushib qoladi. taronanet sayti ma'lumoti Ranvir endi o'rnidan turmoqchi bo'lganda tepalikdan jarga ag'anab ketadi. Buni ko'rib Chirak kulib, roxatlanadi. Biroq Ranvir bir amallab tepaga chiqadi va Chirak bilan yana mushtlashadi.
***
Xansaben Parek esa, Politsiya maxkamasiga kelib, Ishani yo'qolgani, ularni Ranvirning oilasi yashirib qo'yganini aytib, yeg'laydi. Ranvir Ishaniga azob berishini, uni yomon ko'rishini aytib, Inspektorga qonga bo'yalgan ro'molchani ko'rsatadi. Politsiya shikoyat Xansaben Parekdan Ishanining imzosi qo'yilgan arizani qabul qiladi. (bu arzinadi aslida Xansabenning o'zi yozgan edi, ammo avvalroq Ishaniga bo'sh qog'ozga imzo qo'ydirib olgan, edi...)
Politsiya Ranvirning uyiga kelib Ishanini so'raydi, uyda ishani topilmagach, U Ranvirning ota-onasini xibsga olishadi va maxkamaga olib ketishadi.
***
U yerda esa Ishani Ranvirni qidirib yurgan edi, Ishani tepadan turib pastda Ranvir hamda CHirakning mushtlashyotganini ko'rib qoladi, ularni ajrataman deb pastga tushmoqchi bo'ladi. birdan Ishani qoqilib, yeqiladi va xushini yoqotadi.
Ranvir va Chirak yana mushtlashishar edi. Ikkalasi ham bo'sh kelmaydi. Bir-birini urib mazza qilishyotgandek huddi... Ranvir CHirakni urganda Chirak jarga dumalab ketadi, ammo Chirak asta o'rnidan turayotgani ko'radi. Chirak Ranvirning orqasidan haqoratlaydi, Ranvir kelib, kelib shu bilan mushtlashamanmi deydimi bilmadim, bir oz o'ylanib, u yerdan ketadi. Mashinasi yurmaydi, shuning uchun Katta yo'lga chiqib, mashina to'xtatadi va unga o'tirib ketadi, (eslatib o'tamiz, Ranvir ketayotgan payt Chirak tirik edi...) Ranvir Ishani xovotir olayotgani haqida o'ylab, mashina egasidan telifon so'rab turadi va IShaniga qo'ng'iroq qiladi. Ishanining telifoni esa o'chirilgan. O'zi esa hushsiz yotardi.
Ishani o'ziga kelib, yana yurishda davom etadi, bir ozdan so'ng Ranvirning mashinasini topadi. Mashina qon izlari bor edi, nariroqda Ranvirning soatini topadi, Ranvirni qidirib baqirayotgan ishanini ko'rib juda raxmim keldi...
Pastda esa huddi shunday oq kastim kiygan, qonga bo'yalgan Chirak yotardi. Ishani Ranvir yotibdi, deb o'ylab yugirib pastga tushadi, U boshi bilan toshga urilgan edi. Ishani asta uni yuzini o'girib, bu Chirakligini ko'radi. Chirakni yuragi urmas edi, u o'lgan. Ishani Ranvir Chirak bilan mushtlashib, uni o'ldirib qo'ygan, bu ishi uchun Ranvirni qamashadi, deb o'ylaydi...
(!!!Diqqat aynan shu Ranvir hamda Chirak mushtlashuvi hamda Ishanining qanday qilib aybni bo'yniga olishi haqidagi video rolikni hind tilida qisqacha ko'rishingiz mumkin, ko'rish va ko'chirish uchun manba)
***
Ritika uyiga kelib, otasi bilan suxbatlashadi, Otasi Ritika bilan bir oz suxbatlashgandan so'ng, Sanjiv Zaveriyda yurak huriji boshlanadi. Uni zudlik bilan kasalxonaga olib borishadi.
***
Maxkamada Ranvirning ota-onasini qiynab, urishardi, ulardan Ishani qayerda ekanligini so'rashadi.
Parul kimdan yordam so'rashini bilmay, yeg'lab turgan payt, Ranvir qo'ng'iroq qilib qoladi, RV undan qayerdasizlar deb so'raydi. Parul unga: maxkamada ekanligini, ota-onasini hibisga olishganini aytadi.
Ranvir to'g'ri maxkamaga keladi. Inspektorga vaziyatni chuntirishga urinadi. Ranvir otasi va onasining qiynashyotganing guvoxi bo'ladi, ular azobdan dooood deyishardi...
Ranvir advokatni chaqirib ham ota-onasini ozod etolmaydi, shu payt Falguni (Ishanining onasi) kirib keladi va politsiya idorasida inspektorga diktafonga yozib olgan Xansaben Parekning so'zlarini qo'yib beradi va Ranvir hamda uning oilasi ishonishini, qizim va kiyovim bir-birlarini sevishadi. Ularga bizning davoyimiz yo'q, deb Ranvirning ota-onasini qutqarib qoladi.
Ranvir Falguniga minnaddorchilik bildiradi, Falguni Ishani qayerda deb so'raydi. Shu payt Ishani men shu yerdaman, deb kirib keladi. Ranvir yugirib borib, Ishanidan axvolini va qayerda bo'lganini so'raydi...
Ishani esa maxkamaga kirib, Chirakning o'limi haqida gapirib beradi. Ranvir u bilan mushtlashgan deb Ranvirni yomonlashga tushadi.
***
Kasalxonada Sanvir Zaveriy vafot etadi... Uni dafin marosimi o'tkazishda ham Ranvir Ritikaning yonida turadi, Ritika yolg'iz qolmasligi uchun Ranvir uni o'z uyiga olib keladi...
Ishani yana yolg'ondan o'zgargan, Ranvirni huddiki sevmaydigandek, Chirakni o'ldirgani uchun undan nafratlanayotgandek ko'rsatadi o'zini, Ranvir uni sevishini aytadi, Ishani esa uni ustidan kulib tashlaydi... (ich-ichidan esa qoooon yeg'lardi...)
Ishani ajrim hujjatlarini qo'liga olib, unga imzo chekadi va Ranvirni ham imzo qo'yishga majbur qiladi... (Ranvir ham uzoq o'ylab, hujjatni imzolaydi, endi ular er-xotin emas...)
Shu payt uyga politsiya keladi, Ranvir va Ishanini so'rashadi... Chirak Mexta qotilligi yuzasidan kelishganini aytishadi.
Amba Chirakni Ranvir o'ldirmagan deb yonini olishni boshlaydi.
Inspektor esa: qotil kimligi bizga ayon, Chirak Mextani Ishani o'ldirgan, deb aytadi. Barcha hayron qoladi...
Ranvir va Falguni bu hato bo'lsa kerak deb aytishadi, Inspektor: bu yerda hato yo'q, jinoyat joyidan Ishaniga tegishli bo'lgan buyimlar topildi deb ko'rsatadi.
Bunisiga nima deysiz, bu qanday bo'lishi mumkin deb o'ylayapsiz...
Ishani shu payt o'tgan voqealarni eslaydi: Ishani Chirakni ko'rgandan so'ng, bu jinoyatda RV ni ayblashlarini bilardi, agar Ranvir qamalsa uning obrosiga putr yetishi mumkin, deb u jinoyat joyidan izlarni yoqotishga urinadi. tarona.net sayti ma'lumoti Ranvirning mashinasidagi qon izlarini o'chiradi, yaxshilab tozalagandan so'ng avtomobilni jarga, Chirak yotgan joyga itarib yuboradi. So'ng Chirakning yoniga kelib, bir nechta tilla taqimchoqlarini Chirakning kafti ichiga qo'yib qo'yadi. Eng qizig'i Ishani Chirakning telifonini olib, unda ovozli habar ham qoldiradi.
Ishani haqiqatni hech kimga aytmaydi, na Ranvirga, na onasiga va na Nitenga (haqiqiy otasi) aytmaydi.
Shuning uchun ham endi qotillikda Ishanini ayblashmoqda... Politsiyachilar Ishanini xibsga olishadi va maxkamaga olib ketadi.
***
Uyda esa Amba qutirgan, endi Ishani Ranvir bilan ajrashdi deb Pariklar oilasiga hujjatni ko'rsatadi va ularni uyidan haydab chiqaradi.
Ranvir Ishanini qutqarishga harakat qiladi, biroq unga politsiya maxkamasida Ishani Chirakning telifonida yozib qoldirgan ovozli habarni qo'yib berishadi, unida Ishani Ranvirni hech qachon sevmagani haqida turli-xil yolg'on gaplar aytilagan edi, Ranvir bu gaplarni hatto oxirigacha eshitishga dosh berolmaydi. Ko'zlarida yoooosh!!! (bu ishlaarni Ishani Ranvirni undan ko'yni sovushi uchun atayin aytgan edi...)
RV Ishanining yoniga borib, nafratini namoyon qiladi... Ishani ich ichidan yeg'laydi.
Shundan so'ng Ranvir Ishaniga yordam berishga u qadar harakat qilmaydi. Ammo sudda ishtirok etadi. Nafratlanaman desa ham, baribir Ranvir Ishanini sevardi...
Ishanini sud qilishadi...
Sud qaroriga ko'ra Ishani Vaghela Chirak Mextani qastdan o'ldirgan deb, topiladi, IShanini o'lim jazosiga hukim qilishadi...
Shundan so'ng, oradan 6 oy o'tdi, deb yoziladi...
Ha 6oy o'tdi. Ritikaning qorni ham kattalashgan... U haliyam Ranvir bilan birga...
Ushbu yuqoridagi voqealar kelayotgan haftada (24-29 avgust kunlarida) bo'lib o'tadi.
Kelgusi haftada yanada qiziqarli voqealar boooor, Bundan keyin Ishani va Ranvir hayotida Yangi qaxramon Sheghar ismli yigit paydo, bo'ladi... Bizni kuzatib boring, va eng birinchilar qatorida, faqat eng qaynoq hamda eng ishonchli habarlar bilan tanishib boring...
UMIDJON tayyorladi
Eslatma: ushbu chop etilgan maqola, aynan tarona.net sayti mualliflik huquqi asosida chop etilgan, uni sayt rahbariyati roziligisiz, boshqa manbalarda chop etish, tarqatish qat'iyan man etiladi, bu maqola boshqa saytlarga yuklansa saytimiz manba sifatida ko'rsatilishi shart...
|