Senga Oshiqman hind serial 57-qism (Voqealar Rivoji 01.07.2015)
Asalomu alaykum, hurmatli saytimiz muxlislari!
Siz uchun hizmatdan hech to'xtamaymiz. Ushbu film haqida eng yangi va qaynoq ma'lumotlarni sizlarga yetkazishda davom etamiz. Chirak bilan Ishanining uchrashganini Ritika ko'rib qolgandi. Endi yangi qismlari qanday bo'lishini o'qib chiqing:
Ritika Ishanining yo'lidan chiqadi.
Ishanidan Chirakni haliyam sevasanmi deb so'raydi. Ishani hayron bo'lib:
- Nima? Nega unday deyapsan?
Ritika:
- U bilan nimani suxbatlashayotganding? U seni xonangda nima qilayotgan edi?
Bu gaplardan Ishani xayratga tushadi. Ritika jaxl bilan uning yonidan ketadi.
Rishi Sanjiv Zaveriyga malumotlarni yetkazib keladi.
Rishi Sanjiv:
- Nega buncha kechga qolding?
Rishi:
- Nima? Janob shunchaki....
Rishi Sanjiv:
- Hammasini olib keldingmi?
Rishi:
- Ha.
Rishi Sanjiv:
- Unda men bilan yur.
Ular alohida xonaga kirib malumotlarni titkilay boshlaydi.
Ishani Ritikaning orqasidan yugurib keladi:
- Ritika! Sen meni tushunmading. Meni ham, Chiragni ham bilmaysan.
Ritika:
- Men seni bilmayman, lekin Chiragni juda yaxshi bilaman. U yolg'onchi va yomon bola. Sen buni tushunmayapsan. Seni Chirag emas RV sevishini tushunmayapsan?
Ishani:
- Men senga yosh bola emasman, menga kim yaxshiyu kim yomonligini o'rgatma.
Ritika:
- Farqni bilganingda Chirag bilan bunday holatda uchrashmasding! Ranvirni sevmasang ham uning yordamini o'yla. Chirag seni aldayapti, Sen esa RV ni.
Ishani:
- Men hechkimni aldaganim yo'q. Men RV ni sevmayman. Lekin oilam oldidagi majburiyatlarimni bilaman.
Ritika:
- Sen RV ni hurmat qilasanmi? Senga taqqan uzugi, uning hislarini tushunishingga yordam beradi.
Ishani qo'liga bexosdan ko'zi tushadi va "Mening uzugim" degancha xonaga yuguradi.
Hojatxonadan Disha endi chiqib turgan payti Xonaga Ranver Ishanini qidirib kiradi. Disha darxol xojatxonaga berkinadi. Ranver Ishanini chaqirib xonadan izlab yurgan payti yerda yotgan uzukka ko'zi tushadi.
Uzukni yerdan olarkan:
- Men bu uzukni Ishanining qo'liga taqqandim. Lekin nega u bu yerda? Uzuk shu yerda. Lekin u xonada ham, Vannaxonada ham yo'q. Qachon bu uzukni taqasan Ishani. "Mening yovvoyi mushukcham"
deb xonadan chiqib ketadi. Disha ham uning ortidan bildirmasdan xonadan chiqib ketadi va Ranvir uni ilg'amasidan boshqa tomonga berkinadi.
Ishani shoshib kelayotib RV ga turtilib ketadi. Ular biroz tortishib qolishadi va Ishani xonaga kirib ketadi. RV uzukni qo'liga olib kulib qo'yadi va cho'ntagiga solib xonaga Ishanining ortidan boradi.
Ishani uzukni qayerga tushirib qo'ydim ekan deb xonani izlashga tushadi. Uzukni izlab bir-biri bilan tortishayotgan payti xonaga Ishanining dugonasi keladi va ularni pastga tezroq tushishini aytadi.
Pastga tushishsa Sanjiv Zaveriy hammaning oldida muhkama qilayotgan bo'ladi. Ranver undan nima gapligini so'raydi. Kimdir kompaniyada firibgarlik qilganini va bu ishda Sharman gumondorligini aytadi. RVning onasi yana Ishanining oilasii haqoratlay boshlaydi. Ranvir uni tinchlantirishga qaramasdan ularni haqoratlaydi. RV onasini u yerdan ketishini va uni o'zlari hal qilishini aytadi.
Ranvir Sharmanga bu ishda qo'li bormi yo'qmi? Agar bu ishni bilmaganingni aytsang, xatoyingni tog'rilashing mumkin. Biz senga ishonamiz deydi. Sharman hammaning oldida aybini bo'yniga oladi. 5million pul o'zlashtirganini aytadi.
Ishani akasidan nega bunday qilganligini so'raydi. Sharman hammasini gapirib beradi va ketadi.
Ishani Ranvirning yoniga kiradi. Bo'lgan voqea haqida suxbatlashadi. Sharmanni yaxshiligini aytadi. RV unga oilalari o'rtasida munosabat yomonligini va doim bir muammo chiqishini aytadi.
Ishani Sari libosini yechib oddiy kiyimda chiqadi. Yostig'ini olib divan ustiga qo'yadi va uxlamoqchi bo'ladi. Ranvir uning bu qilig'idan hayron bo'ladi. U Ishanidan nega bunday qilganini so'raydi.
Ishani:
- Sen uxlashga boshqa joyni ko'ryapsanmi, men qayerda yotaman?
RV:
- Agar o'rningda boshqa aqlli odam bo'lganda....
.... men "krovat" degan bo'lardim.
Ishani:
- Men polni tanlagan bo'lardim.
RV:
- Sen nima qilyapsan? Xoxlasang o'tir, xoxlasang uxla. Bu seni ishing.
Ishaniga bu yoqmaydi. Tanga olib kelib RV ga beradi. RV buni xoxlamaydi.
RV:
- Uy meniki, qarorni sen chiqarasanmi?
Ishani:
- Nima? Bu uy menga ham tegishli. Buni sen o'zing aytgansan.
Shunday gaplardan so'ng Ishani tangani otishga qaror qiladi. Ishani tangani yuz qismini tanlaydi, RV esa orqa qismini. Kim yutsa Krovatda yotishga kelishishadi. Yutqizgan esa Polda.
Ishani tangani otadi. Qo'liga ilib qarasa orqa tomoni tushganini ko'rib kafti bilan yopib oladi. RV esa unga ko'rsatishini so'raydi. Kaftini shundoq ochadi va yutganini ko'radi.
Ishani esa yostiq va to'shakni polga solib o'sha yerda uxlashga majbur bo'ladi. Noqulay holatda tanasi qattiq polga botib, bexosdan qo'li uzukka tegib ketadi. RV uzukni olganini ko'rib kulib qo'yadi.
Man qachondan buyon tarona.net saytiga kirib doim shu saytdan sound, mp3 yuklab olishda foydalanib yurardim ammo qancha urinishlarimga qaramay saytga a'zo bölolmayatgandim. Bu serial efirga chiqibdiki qiziqish bilan körib kelmoqdaman, shu qiziqish sabab mana bugun registratsiyadan öta oldim, hozir kechqurunlari bizda chiroq öchib qolyapti shunaqa paytlarda saytdan serial tafsiloti haqida öqib körgandek bölyapman, buninguchun katta rahmat sizga Umid aka qöliz dard körmasin.
Salom admin saytga gap yoq tarona.net menga juda yoqadi sizga iltimosim bor senga ochiqman serialining discotekadagi mp3 ni saytga qoshing menimcha hammaga manzur boladi iltimos
Admin voqealar rivojini yana qaytadan yozib borayotganingiz uchun kattakon raxmat. Barcha muxlislaringiz bundan xursand bo'lishda. Ishlarizga omad tilayman.