Sardor Raximxon bugun 3 sentabr
kuni o‘z tavallud ayyomini nishonlamoqda. Taqdir taqozosi bilan unga eng ajoyib
sovg‘ani, ayni shu kuni uning rafiqasi sovg‘a sifatida qiz tug‘ib bergani
bo‘ldi. Qo‘shaloq bayram. Xammaga xam bunday ajoyib tasodif tushavermasa kerak.
San’at olamidan yana bunday xolatni, marxum Muxriddin Xoliqovning to‘ng‘ich o‘g‘li
Timur xam ayni 5 sentabr, Muxriddin akaning tavallud kuni tug‘ilgani bo‘lgan. Qiziq...sentabrda
tug‘iladiganlargami faqat shunday sovg‘a?)) Bugun soat 20:10da, 3 kiloyu 600grammlik
qizaloq dunyoga kelganida, Sardor Raximxon to‘y xizmatida bo‘lgan. Bu xabarni
eshitgan to‘yxonadagilarni barchasi shodon baqirib yuborgan deya xabar berishmoqda.
Sardor Raximxonni tavallud ayyomiyu, uni qiz farzandlik bo‘lgani bilan xam
chin dildan tabriklaymiz! Eslatib o‘tamiz, Sardor Raximxonning yana Sabriya ismli
bir qizalog‘i bor.