O'zbekistondan xizmat ko'rsatgan artist Sardor Rahimxonning Instagram olamida shov-shuvlarga sabab bo'lgan "Malikam endi qara" nomli qo'shig'i muhlislar qalbidan joy olishga ulgurdi. Endi esa mazkur qo'shiqqa yangi klip suratga olindi. Suratga olish ishlari 3 kun davom etdi. Klipga Sanjar Matkarimov rejissyorlik qildi. Operator esa taniqli va iste'dodli klipmeyker Narimon Sultonxo'jayev bo'ldi. Bosh rollarda Asal Shodiyeva, Sug'diyona Azimova. Sardor Rahimxonning o'zi ham klipda rol ijro etgan. Uning aytishicha hali bunday obrazda muhlislarga namoyon bo'lmagan ekan. Klipda romantik va ma'yus sahnalarni ko'rishingiz mumkin. Klip premyerasi sentyabr oyiga mo'ljallangan. Sardor Rahimxondan yangi klip premyerasini intizorlik bilan kutib qolamiz.