Xalqimizning sevimli xonandasi, estradamizning yorqin yulduzi, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Sardor Rahimxon joriy yilda samarali ijod qilib, bir qator xit taronalar yaratgani barchaga ma’lum. Xonandaning har bir qo‘shig‘i muxlislar qalbidan alohida joy egallab, ko‘plab olqishlarga sabab bo‘layotgani, to‘y va tadbirlarda eng talabgor kompozisiyalarga aylangani ham bejiz emas. Sardor Rahimxon ana shunday musiqiy asarlar yaratishda davom etmoqda.
Ayni damda “Faridam mani” deb nomlangan yangi qo‘shiq ustida ish olib bormoqda. Shu bilan birga bahor oyida o‘tkazilishi rejalashtirilgan yakkaxon konsert dasturiga ham tayyorgarlik ishlari boshlab yuborilgan. Hozircha konsert nomi aniq emas. Bu borada xonanda, instagram ijtimoiy tarmog‘i orqali muxlislarining fikr va mulohazalari bilan ham qiziqmoqda. Ko‘pgina muxlislar dastur nomini “Sanamjon” bilan nomlanishini istasa, boshqalari yil davomidagi xit taronalar nomi bilan bog‘lash taklifini kiritmoqda. Qiziq, Sardor Rahimxon konsertining nomini qaysi qo‘shig‘i bilan bog‘lar ekan. Kuzatishda davom etamiz.