Sardor Rahimxon o‘z konsertiga chiptalar qolmaganligini rad etdi
O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Sardor Rahimxon
6-7-fevral kunlari "Istiqlol” san’at saroyida konsert berishni rejalashtirgan. "Sayyod” xabariga ko‘ra, hozir
xonandaning yakkaxon dasturiga tayyorgarlik ishlari qizg‘in pallada.
Saytda ma’lum qilinishicha, san’atkor konsertda oddiylikdan
va ishlatilgan uslublardan, odatiy duetlardan chetlangan.
Ammo, konsertdan
avvaloq uning dilini og‘ritishmoqda. Kimdir chiptaxona oldida turib, "Sardor
Rahimxonning konsertiga bilet qolmadi”, deb, kelganlarni qaytarib yuborayotgan
emish. Bu haqda xonandaning o‘ziga murojaat etib, chipta so‘raganlar ham
bo‘lgan. Aslida esa, chiptaxonada chiptalar bor va joyiga qarab, 8000 so‘mdan
70000 so‘mgacha narxda sotilmoqda. Muxlislar bemalol chiptaxonaga o‘zlari
murojaat qilib, chipta olishlari mumkin.
Shuningdek,
dasturda estradamizdagi xonanda qizlar bilan bog‘liq qiziq sahna ko‘rinishi ham
bor, deyiladi xabarda.