Sardor Rahimxon: Biznesda omadsizlikka uchrab, ijodiy tanaffus qilishga majbur bo‘ldim
O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Sardor Rahimxon qarzga botgan va uch yil davomida ijodiy tanaffus qilishga majbur bo‘lgan.
“Darakchi” nashrida yozilishicha, bu haqda xonandaning o‘zi shou biznes nashriga intervyusida ma’lum qilgan.
“To‘g‘ri, biznes qilmoqchi bo‘lib, pul tikdim-u, qarzga botib chuv tushib qoldim. O‘shanda ikki quyonning ortidan quvib, ikkisidan ham quruq qolgandan bitta ishni mukammal bajarishim kerakligini tushundim” – degan u.
Mazkur holatga doir boshqa tafsilotlar ma’lum qilinmagan.
“Gullagan vaqtimda omadim, davlatimni atrofdagilarga bo‘lishganimdan afsuslanaman. Chunki mushkul vaqtlarda ulardan munosib javob ololmadim”, – deya taassuf bildirgan S.Rahimxon.