Taniqli huquqshunos va bloger Xushnudbek Xudoyberdiyev o'z telegram kanalida san'atkorlarni soliqqa tortish masalasi haqida fikr yuritgan.
— Bugungi majlisda Soliq qo'mitasi raisining birinchi o'rinbosari Mubin Mirzayev bilan to'y-hashamlarda san'atkorlarni soliqqa tortishning yangi mexanizmini joriy qilish haqida o'zaro muhokama qildik.
Shaxsiy fikrimcha, san'atkorlar ham barcha xalq vakillari kabi daromad solig'i to'lashga o'tishlari kerak.
Mana qarang, oddiy ishchi 1 oy tinmay mehnat qilib 1 mln so'm oylik oladi va shuni 120 ming so'mini (12%) davlatga soliq sifatida to'laydi.
Lekin ayrim xonandalar birrovga og'zini fonogrammada qimirlatish uchun 500-600 dollar haq oladi, ammo daromad solig'i to'lamaydi, faqat litsenziyasi uchun har oylik arzimagan umumiy to'lov qiladi. Ularga soliq imtiyozi berilgan.
Shu adolatdanmi?
Yuqoridagi suratda Mubin Mirzayev san'atkorlarni qay tartibda soliqqa tortish mumkinligi haqida tushuntirib turgandilar.