Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » TEXNOLOGIYA

Samsung kompaniyasi Galaxy S5 kamerasida nosozlik borligini tasdiqladi

O‘tgan hafta OAVlarda paydo bo‘lgan Samsung Galaxy S5 smartfoni kamerasi bilan bog‘liq muammolar haqidagi xabar kompaniya tomonidan tasdiqlandi. Bu haqda mail.ru xabar berdi.

Qurilmani bir necha kun qo‘llab ko‘rgan ba’zi foydalanuvchilar uning kamerasida g‘alati nosozlik yuzaga kelganidan shikoyat qilgan: kamera dasturi interfeysida "Warning: Camera Failed” ("Diqqat: kamerada nosozlik”) degan ogohlantirish paydo bo‘lgan. Telefon sozlamalarini zavoddagi holatiga o‘tkazib ham, xatolikni to‘g‘rilab bo‘lmagan.

Koreya kompaniyasi muammo haqiqatda mavjudligini rasman tan oldi, biroq ushbu kamchilik qurilmaning cheklangan partiyasidagina borligini ta’kidladi. Ayni paytda nosozlik bartaraf etilgan. Samsung’ning yaroqsiz qurilmasiga "ro‘para bo‘lgan” iste’molchilar kompaniya servis markazlarida telefonlarni bepul almashtirib olishi mumkin.

Galaxy S5 5,1 dyuymli Super AMOLED displeyi (1920×1080), Qualcomm Snapdragon 801 to‘rt yadroli protsessor, 2 Gb tezkor va 16/32 Gb ichki xotira bilan ta’minlangan. Kamerasi 16 megapiksellidir. Soatiga 2800 megaamperli akkumulyator smartfonni suhbat rejimida 21 soatgacha quvvat bilan ta’minlab turadi.



Категория: TEXNOLOGIYA
Просмотров: 4009 | Рейтинг: 0| Рейтинг: Samsung kompaniyasi, GALAXY S5
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 23:28
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное