O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi Samarqand viloyatida 24 aprel kuni ikkita zo‘rlab, nomusiga tegish jinoyati oshkor etilgani haqida ma’lum qildi.
Birinchisida, Samarqand shahrida 24 aprel kuni, shahar IIBga tushgan hujjatlarga ko‘ra, avval O‘zR JKning 119-moddasi 2-qismida ko‘rsatilgan jinoyatni sodir etgani uchun ushlangan, T.O‘sarov 2017 yil 27 oktabr soat 09.00 larda, Ibn Sino ko‘chasida joylashgan RShTYoIM Samarqand filiali chiqindixonasida tanishi, A.B (ismi o‘zgartirilgan) zo‘rlab nomusiga tekkanligi aniqlangan.
Ikkinchisida esa, Samarqand shahrida 24 aprel kuni shahar IIBga tushgan hujjatlarga ko‘ra, avval O‘zR JKning 165-moddasi 1-qismida ko‘rsatilgan jinoyatni sodir etgani uchun ushlangan, Urgut tumani Nisbat mahallasida yashovchi, Sh.Eshquvvatov shu yil 2 mart soat 09.30larda Bo‘stonsaroy ko‘chasi 80-uy 6-qavatida joylashgan lift anjomlari turadigan xonasida M.V. ni (ism o‘zgartirilgan) zo‘rlab nomusiga tekkanligi aniqlangan.