Samarqand baliqchilik sohasi mutaxassislari qora ikra olish uchun cho‘rtan baliq yetishtirish texnologiyasi haqida bosh qotirmoqda. Bu haqda «Pravda Vostoka» nashri xabar tarqatdi.
Baliqchilar shuningdek, laqqa va forel baliqlari yetishtirishni ko‘lamini kengaytirmoqchi. Ellikka yaqin yaratilgan yangi baliq xo‘jaliklari natijasida yiliga 1200 tonnaga yaqin turli xildagi baliqlarni yetishtirish rejalashtirilmoqda.
Buning uchun viloyat hududida 110 gektar sun’iy suv havzalari barpo etiladi. Shuningdek, Kattaqo‘rg‘on, Samarqand va Paxtachidagi inkubatsiya sexlari ham kengaytirilishi ko‘zda tutilgan.