Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » INTERNET TARMOG'I

Ruhlar madadkor bo`lgan kecha



Bu voqeani bizga Qashqadaryo viloyati, Qarshi tumanining Xonobod mahallasida yashovchi 75 yoshli  Parda bobo Xursandov yozib yuborgan.

Onkologik kasallik bo`yicha operasiyani boshdan kechirdim, davolanganimdan so`ng vrachlar uyga javob berishdi. Ozib ketganimdan juda holsizlanib qolgandim, hatto ikki marotaba hushimdan ham ketib qoldim. Mazam bo`lmagandan kechalari ham uxlolmay, shiftga termilib chiqardim. Tuzalmaganimdan “Nahotki endi umrim poyoniga etgan bo`lsa?” deb g`amga botardim. 

Navbatdagi uyqusiz kechalardan birida, Yaratganga “Ey, Xudojon, jonimni omon saqla, qiladigan ishlarim ko`p, farzandlarim mening maslahatimga, yordamimga muhtoj, o`zing rahm qil!”, deb iltijo qildim. Keyin olamdan o`tgan ota-onamning ruhlari bilan xayolan suhbatlashib, ulardan ham madad so`radim. Ko`zlarimdan uyqu qochib, derazaga tikilib yotdim. Qancha yotganimni bilmayman, soat chamasi tunggi ikkilarda osmonning qibla tomonidan derazamga qarab, dumaloq, yop-yorug` nur suzib kela boshladi. Uning atrofi bir tekis sip-silliq, ammo shu`lasi yo`q edi. Nur tobora derazamga yaqin kelib, to`xtadi, 2-3 daqiqa qotib turdi, keyin esa sharq tomonga qarab siljidi. Xuddi sehrlangandek, tilim kalimaga kelmay, uni tomosha qilib o`tiraverdim. Shu payt derazamda katta oq kapalak paydo bo`ldi. Yarim kechasi kapalak nima qilib yuribdi ekan, deb hayron bo`ldim. Oq kapalak hech qaerga qo`nmay, qanot qoqib men tomonga qarab turaverdi. U ham ikki-uch daqiqa turgandan keyin nurning ortidan g`oyib bo`ldi.

Bu voqeadan keyin nimagadir meni uyqu elitib, hech uxlamaydigan odam tonggacha qotib uxlabman. Uyg`onganimda esa tanamda ajib bir engillikni his qildim. Kechasi bo`lgan hodisani rafiqamga gapirib berdim. U dunyodan o`tgan yaqinlarimizning ruhiga atab, duoyi-fotiha qildi. Shu paytgacha ishtaham yo`qligidan tomog`imdan ovqat ham o`tmasdi. Nima egim kelayotganini o`zim ham bilmasdim. Tunggi voqeadan keyin o`z-o`zidan ishtaham ochilib, ovqatga kirdim. Odam yaxshi ovqatlangandan keyin kuchga-quvvatga kirar ekan. Turli meva-chevalarni iste`mol qilib, oyoqqa turib ketdim.  Hozirda hech kimning ko`magisiz yuryapman, to`y-tomoshalarga boryapman. 

Shu voqeadan keyin ruhlarning borligiga, atrofimizni o`rab turgan olam g`aroyibotlarga to`laligiga, biror qiyin vaziyatga duch kelganimizda yaqinlarimizning arvohlari doimo bizni qo`llab-quvvatlashiga chin dilimdan, ishondim. 


Категория: INTERNET TARMOG'I
Просмотров: 6115 | Комментарии: 2 | Рейтинг: 1| Рейтинг: Hikoya
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 2
virus16 Olloh asrasin hammani
Like | 0
Asadbek2002 Ha ajoib real voqea ekan! Iloyim 150 200 yoshlarga kirib yuring. Man ham ishonaman borliiga.Chunki man ham shu narsani boshimdan oztkazganman.
Like | 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 17:17
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное