Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » FIKR MULOXAZA

G`aroyibot: Mashina ichidagi sharpa





 

“G`aroyibot” rukniga kelgan maktublar chindan ham bir-biridan g`aroyib va qiziqarli bo`ladi. Ushbu xatni o`qib ham shunday xulosaga keldik. Rostdan ham bu dunyoning biz bilmagan sinoatlari bisyor...

—  Bu voqeani o`z boshimdan o`tkazdim, — deb yozadi navoiylik muxlisimiz Anvar Qosimov. — Anchadan buyon avtomobil olishga ishqiboz bo`lib yurardim. Bilasiz, bu erkaklarning bolalikdagi orzusi bo`ladi. Menam shu maqsadim ketida uch yilcha topganimni jamg`ardim. Ayolim javrashiga qaramay, kiyim-kechakdan biroz tiyilib, mashinaga atadim. 

—  Sizning mashina minishingizni deb, men eski-tuskida yuramanmi? — deya rosa jig`ibiyron bo`ldi xotinim. 

—  Shuncha modadan qolmay kiyganing etadi. Menam endi bir mashina minay, keyin yana sen kiyinasan, — deb qo`yardim hazil-chin aralash qilib. 

Ochig`i, choyxona-yu, o`tirishlardan ham tiyildim ba`zan. O`rtoqlarimning malomatlari, xotinimning nolishlariga qilgan sabrim mevasi o`laroq yarim yilcha avval mashina bozoriga tushdim. Yuragim hapiqadi. Qani ko`nglimdagi mashina chiqsa. Menga yoqqanining narxi baland. Narxi bo`ladiganining o`zi dilga o`tirmaydigan...

Qidira-qidira bir oyni o`tkazibman. Har bozor chiqamiz, quruq qaytamiz. 

—  Hech kim sizday injiq emas. Iltimos sizdan yana bir yil yig`ining, — deydi mashina bozordan orttirgan tanishim hazilashib. — Ana shunda uyda o`tirasiz, men turli mashinalarni oldingizga olib boraman. 

Asabiylashib turgan bo`lsam-da, uning haziliga kulib javob beraman. Lekin menga atalgan yaxshi mashina borligiga ham ishonaman. 

—  Qo`lingizdagi pulga siz aytgan mashinani bermaydi, tushuning, — kuyinadi haligi yigit.

—  Bo`lishi kerak. Chiqadi, — deyman umid bilan. 

—  Bo`lmasa, Toshkentga boring. U erning bozori katta. Har xili bo`ladi. Bu bozordan picha qimmat lekin, — deydi u yana.

—   Qimmat bo`lsa nega tavsiya qilyapsan? — deyman bo`sh kelmay. — Battar kuyib o`lsin deyapsanmi?

—  Arzoni ham bo`ladi-da. Bitta bo`yoq tekkanlari ayniqsa, juda past yuradi. Biror nimaga urib olishadi. Daraxtgami, simyog`ochgami, qarabsizki, mashinaning narxi ikki barobar tushadi. Sizga nima farqi bor. 

O`ylab-o`ylab oxiri poytaxt mashina bozorini ham ko`radigan bo`ldim. Bordik. Umumiy narx aytganidek, bizdan ancha baland. Lekin yursangiz, zo`r mashinalarni juda past narxda ham ko`rasiz. Buni ko`rib xursand bo`lib ketdim. 

Yurib-yurib bir mashina oldida to`xtadim. Xuddi o`zim orzu qilgan. Narxi ham to`g`ri keladi. Tag`in xujjatlishtirishga ham etadi. Bunaqasini sira kutmaganim uchun “olaman” deb turib oldim. 

—  Buning bir balosi bor. “Normalniy” mashina bunaqa narxda bo`lmaydi, — deydi haligi tanishim.

—  Qanday balosi bo`lishi mumkin. Usta ko`rdi, maqtadi. Hamma joyi bus-butun. Yana nima kerak, senga? Ana sotayotgan odam “Pulga muhtoj bo`lib qoldim”, deyapti-ku! — deyman uning savdoga to`siq bo`layotganidan jahlim chiqib.

Xullas, o`sha mashinani oldim. Olib keldik. Quvonchim ichimga sig`maydi. Hamma maqtadi. Narxi ham, o`zi ham hammani hayratga soldi. Meni “Omadi kulgan” deyishdi.

Men esa o`zim orzu qilgandek mashinamni ishxonaga haydab bora boshladim. 

Birinchi kuni ahamiyat qilmadim. Lekin ikkinchi-uchinchi kunlari xuddi mashina ichida kimdir bordek tuyulaverdi.

“Menga shunaqa tuyulyapti”, deyman ortimga yalt etib qarab olarkanman. 

Ba`zida hatto nafas olishini ham eshitgandek bo`lardim. Yuragimni vahima va qo`rquv chulg`ab oladi. Haligi sotuvchi yigitning “Bu mashinaning bir balosi bor”, degan gapi yodimga tushadi-da, battar titroq ichida qolaman. E`tibor qilib bildimki, mashinam ichida chindanda kimningdir sharpasi seziladi, faqat yosh bola. Pishillashi, nafas olishi to`rt-besh yosh bolani eslatadi. Lekin aniq bor!

“Balki jinni bo`layotgandirman?” deyman ba`zida shubhaga borib. 

Oxiri bir ko`pni ko`rgan odam bilan maslahatlashdim. U kiishi qon chiqarib, sadaqa berishimni, Qur`on tilovat qildirib yuborishimni aytdi. Darhol aytganini qildim. Bir qo`chqor so`yib, sadaqa qildim. Tilovat ham bo`ldi. 

Ishonasizmi, tinchidim-qoldim. Oradan vaqt o`tib, o`sha mashinani sotgan odam bilan qo`ng`iroqlashdim. Ochig`i, u qo`rqib ketdi.

—  Mashinani qaytarmoqchimisiz? — dedi u birdan.

—  Yo`q, — dedim kulib. — Bir og`iz aytib qo`ysangiz bo`larkan. “Sadaqa raddi balo”, deydilar. Sadaqa bilan ketdi, bolakay... — dedim.

—  Bolakay? — dong qotdi haligi kishi. — To`g`risi, oqqon kasaliga uchragan nevaram shifoxonadan kelishda shu mashinada jon bergan. Bu mashinani haydash menga azob. Menga hech narsa sezilmasdi. Shunchaki yomon xotiralardan qutulish uchun sotdim. Ikki marta qaytdi. “Kimdir bor”, deyishdi olganlar. Faqatgina siz uni uzoq mindingiz va “Bolakay” dedingiz...

—  Axir bu mashinaga etish uchun qancha sabr qildim. Bu ham sabrimning mevasi... — dedim ko`nglim xotirjam tortib.

Lekin dunyoning sinoatiga tan berdim.

KAMINA oqqa ko`chirdi



Категория: FIKR MULOXAZA
Просмотров: 5943 | Рейтинг: 0| Рейтинг: Hikoya
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 21:00
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное