Rossiyalik ayol yosh qizchasi bilan 7-qavatdan pastga quladi
Sankt-Peterburg shimolida aqlan zaif ayol kichkina qizi bilan derazadan tushib ketdi.
Fojia Vernost ko‘chasidagi turar-joy binosida yuz berdi. Xabarlarga ko‘ra, 39 yoshli ayol besh yoshli qizi bilan yettinchi qavatdan yiqilib, vafot etgan. Ona-bolaning jasadlari bugun ertalab topilgan.
Ta’kidlanishicha, ayol ajrashgan va psixiatrda ro‘yxatdan o‘tgan.