Rossiyada dollarning narxi tarixiy maksimumiga erishdi
Rossiya banki dollarning rasmiy kursini yana 60,5 tiyinga oshirdi va uning narxi rekord darajadagi 70,83 rublga yetdi. Dollar 1998 yilda rubl qiymati o‘zgartirilgandan keyin hali bunday qimmat narxda sotilmagandi. Bungacha rubl kursining eng past ko‘rsatkichi joriy yilning 25 avgustida qayd qilingandi, o‘shanda Rossiya Markaziy banki dollar narxini 70,75 rubl qiymatida o‘rnatgandi.
Yevroning rasmiy kursi 1,26 rublga ko‘tarilib, oxirgi 10 oy ichida birinchi marta 78 rubldan oshdi va 78,23 rublni tashkil qildi. Oxirgi marta yevro bundan qimmatroq 2015 yil 3 fevralda 78,79 rubldan sotilgandi.