Rossiyaning “Avtostat” tahliliy agentligi mamlakat bozorida yengil avtomobillarning narxi o‘zgarganligi haqida ma’lum qildi. Unga ko‘ra, deyarli barcha avtomobil ishlab chiqaruvchilar mahsulotlarining Rossiya bozoridagi narxi o‘zgargan. O‘tgan oy mobaynida o‘tkazilgan tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatmoqdaki, 24ta avtokompaniyaning mashinalari narxida o‘sish sezilgan.
Germaniyaning Audi kompaniyasi barcha avtomobil turlari uchun narxlarni ko‘tardi. Boshqa bir nemis brendi Mercedes-Benz esa bir nechta modellari bahosini o‘zgartirdi. Jumladan, C-Klasse (1.5 – 2.1% gacha), E-Klasse (1.7-3.3 foizgacha), G-Klasse (3.5-4.4%) va boshqalarning narxlari ko‘tarildi.
Fransiyaning Citroen kompaniyasi Grand C4 Picasso va Multispace modellarining bahosini oshirdi.
Ba’zi bir kompaniyalar faqat bitta model narxini ko‘tardilar. Ular orasida O‘zbekistonning Ravon brendi R2 modeli bahosini 4.3-5.4 foizga oshirdi. Bundan tashqari, KIA kompaniyasi Rio avtomobili, Mazda esa Mazda 3 modeli narxlarini ko‘targan.
Ma’lumot o‘rnida, Ravon R2ning Rossiya bozorida 369.000dan 459.000 rublgacha sotilmoqda.