Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » AVTO OLAM

Ravon R2 Chevrolet Spark’dan nimasi bilan farqlanadi?

Shu yilning 10 aprelidan Rossiyada Ravon R2 savdolari rasman boshlanadi. Qayd etish joizki, ushbu modelning ilk partiyasi Rossiya dilerlik markazlariga yetib kelmasdanoq, sotib bo‘lingani to‘g‘risida xabar qilingan edi.
Mart oyi oxirida, "Zarulem.rf" internet nashri xodimlari, GM-Uzbekistan’ning Asakadagi zavodida bo‘lib, yangi modelning farqli jihatlari bilan tanishishgan. 

"Zarulem.rf" muxbiri Vadim Kryuchkovning ta’kidlashicha, ilk avtomobil ishlab chiqarilganiga 20 yil to‘lgan bo‘lsa-da, zavodning ko‘rinishi yangidek tasavvur uyg‘otadi. Komatsu presslash uskunalari o‘rnatilgan sex, ikkita payvandlash sexi, zamonaviy bo‘yoq sepish liniyasi, ikkita konveyer, zavodning yirik ishlab chiqarish majmuasi ekanini ko‘rsatadi. R2 esa, Gentra va Matizlar orasida navbati bilan oqib keladi, deb yozadi muxbir.

"Butlovchi qismlarni mahalliylashtirish qamrovi naqadar kattaligini suratdan bilib olsa bo‘ladi. Davlat bayrog‘i qo‘yilgan butlovchi qismlarning barchasi O‘zbekistonning o‘zida ishlab chiqarilgan", –deya hikoya qiladi Kryuchkov.
Ravon R2, Chevrolet Spark’dan birinchi navbatda dvigateli bilan farq qiladi. Endilikda, 4 bosqichli avtomatik uzatmalar qutisi bilan birga, 1 litrli emas, balki O‘zbekistonda ishlab chiqarilayotgan 1,249 litr hajmli, 85,5 ot kuchiga ega, 16 klapan, 4 silindrli S-TEC II dvigateli o‘rnatilgan. Ushbu motorlar Yevro-5 talablariga javob berishi barobarida, yomon sharoitlarda ishonchli ekanini ko‘rsatishga ulgurgan.

Tashqi jihatdan R2 Spark’dan old bamperi va radiator qafasi bilan farqlanadi. Salondagi o‘zgarishlarga kelsak, undagi uskunalar joylashuvini unchalik ham yoshlarga mos, deb bo‘lmaydi. Ularning joylashuvi, avvallari faqat Amerika bozori uchun chiqarilgan avtomobillar panellarini yodga soladi, deydi "Zarulem.rf" muxbiri.

Ravon R2 , nafaqat o‘z ajdodi ko‘rsatkichlarini yangilash, balki Kia Picantoni ortda qoldirish uchun ham barcha imkoniyatga ega. Sifatli, zamonaviy jihozlar, yurish qismi talab darajasida, xuddi shunday avtomatik uzatmalar qurilmasi va shunday hajmdagi motor o‘rnatilgan Picanto narxidan deyarli 2 marta arzon. Umuman, quyidagi jadvalda uning afzalliklarini raqamlarda ko‘rish mumkin. Xullas, R2 — avtomatik uzatmali eng cho‘ntakbop avtomobil, faqatgina o‘z sinfida emas, balki bozorda ham, deb xulosa qiladi Vadim Kryuchkov. U 100 kilometr masofaga shahar ichida 8,2 litrgacha yoqilg‘i sarflaydi.


Manba:kun.uz
Категория: AVTO OLAM
Просмотров: 7636 | Рейтинг: 0| Рейтинг: Chevrolet Spark, Ravon R2
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 13:49
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное